So’nggi yangiliklar

12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  2 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  3 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  2 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  10 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13

Mishel Platini: “Pulga muhtoj bo'lmaganman” Yangiliklar

Mishel Platini: “Pulga muhtoj bo'lmaganman”

Teglar :  Mishel Platini
UEFA prezident Mishel Platini o'zi egallab turgan lavozimdan chetlatilganiga munosabat bildirib, moliyaviy qalloblikda ayblanayotgani yuzasidan Franciyaning “Le Monde” nashri savollariga javob qaytardi.


Platini Blatter o'ziga to'lagan 2 million frank mablag' yuzasidan batafsil to'xtalib o'tishga harakat qildi.


– FIFA prezidenti Yozef Blatter sizga ikki million frankni hech qanday shartnomasiz, 9 yil avval tugagan shartnoma yuzasidan to'lashi qanday sodir bo'ldi?

– Voqea g'alati ko'rinishi mumkin, lekin barchasi qanday kechgan bo'lsa, shunday aytaman. 1998 yil men jahon chempionati tashkiliy qo'mitasi prezidenti bo'lgandim. FIFAga yangi prezidentlik saylovlari arafasida Blatter meni xonasiga chaqirdi. U menga maslahatchisi bo'lishni taklif qildi va mendan qancha maosh istashimni so'radi. Men javob berdim: “Million”. Bunga javoban u maoshni qaysi valyutada xohlayotganim bilan qiziqdi – rubl, lir yoki dollar? Keyin bir yil uchun bir million SHvnycariya frankiga teng mablag' to'lashga rozi bo'ldi.

– Blatterning so'zlariga ishondingizmi? Siz juda o'ziga bino qo'ygan insonsiz yoki ehtiyotsizlik qilgansiz.

– Blatter menga erkakchasiga vada bergandi. U FIFA prezidentiga aylandi, FIFA! Unga ishondim. Har qanday holatda, tushunishim bo'yicha, SHveycariya qonunlarida og'zaki vada yozmasiga tenglashtirilgan. Nima bo'lganda ham u FIFA prezidenti bo'ldi va sentyabr oyidan men ishimni boshladim.

– Qanday ish uchun buncha maosh olishingiz lozim edi?

– Taqvimni islohot qilish ustida ishladim, shuningdek, FIFAning kambag'al mamlakatlar futbol federaciyalariga yordam va ko'mak beradigan loyihalarida qatnashdim. Blatterga safarlari davomida hamrohlik qildim. Qisqacha aytganda, ko'p ishladim va buni ko'plab insonlar tasdiqlashlari mumkin.

– Baribir bu nima uchun Blatter sizga 1998-2002 yillarda amalga oshirilgan ish uchun 2011 yil pul to'laganini tushuntirmaydi.

– Dastlabki oylarda maoshimni so'ramasdan ishladim. Bir qancha vaqtdan keyin Blatterdan pul haqida so'raganimda shunday javob berdi: “FIFA bosh kotibi 300 ming olayotgan holda sizga 1 million to'lay olmayman. Sizga ham shunday shartnoma beramiz va qolganini keyinroq to'laymiz”. Bu rostdan ham sodir bo'ldi.

– Siz 9 yil kutgach, unga qarzi haqida eslatdingizmi?

– 2002 yil iyunda Blatterga ishlashni to'xtatdim. O'shanda FIFAning ijroiya qo'mitasi tarkibiga kirgandim. Pulga muhtoj bo'lmaganim sababli shuncha payt kutdim. Men pul topishni 17 yoshimda boshlaganman. Futbolda pul olish mumkinligini o'ylamagandim ham. Otam matematika o'qituvchisi edi va “Nansi”da o'ynaganimda shunday so'ragandi: “Unga futbol o'ynagani uchun pul berasizmi?” Ishoning, moliyaviy tomondan muhtojligim bo'lmagan.

– Pullaringiz bilan nima sodir bo'ldi?

– FIFAning moliyaviy bo'limidan Blatter menga qarz bo'lgan summani to'lab berishni so'radim. U menga ishlagan 4 yilimning har yili uchun 500 ming frankdan qarz bo'lgandi. SHu sababli 2 million frank jo'natdi. Bu summadan soliqlarni to'ladim.

– SHveycariya sudi Qatarda 2022 yil o'tadigan jahon chempionati uchun berilgan ovozlarga pora olinganlik yuzasidan qiziqib ko'rdi. Siz ushbu davlatga ovoz berganingizdan afsuslanmaysizmi?

– Yo'q. Men rostdan ham Qatarga ovoz berganman. Futbol endi rivojlanayotgan va hali mundial bo'lmagan hududda chempionat o'tishini istaganman.


Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика