So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  3 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Misha Ge Olimpiadadagi chiqishidan so'ng championat.asia va olamsport.com sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi Yangiliklar

Misha Ge Olimpiadadagi chiqishidan so'ng championat.asia va olamsport.com sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi

Hozirgina Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida davom etayotgan Qishki olimpiya o'yinlarining figurali uchish bahslari yakunlandi.

Olimpiada-2018. Figurali uchish bahslarida Misha Ge erkin dasturda chiqish qildi


Misha Gening chiqishidan FOTOGALEREYA

Unda hamyurtimiz Misha Ge ham chiqish qildi. Bugungi erkin dasturdan so'ng hamyurtimiz Qishki Olimpiadadagi ishtiroki yuzasidan bizga intervyu berdi.

- Misha, Olimpiadadagi ishtirokingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Umumiy olganda ko'nglim to'ldi. Lekin natija bundan ham yaxshiroq bo'lishi kerak edi. Yo'l qo'ygan xatolarim o'zimga ayon. Endi xatolarsiz ishtirok bo'lmaydi. Qisqa dasturda 14-o'rinni egalladim. O'ylashimcha, yomon emas. Endi bor etiborimni ikki haftadan szng boshlanadigan jahon chempionatiga qarataman. Xatolarim ustida ishlab, natijamni Olimpiadadan ko'ra yaxshiroq bo'lishiga harakat qilaman.


- Keyingi Olimpiadachi?

- To'rt yildan so'ng umuman boshqacha vaziyat bo'ladi. Balki, murabbiy yoki xoreograf, balki tashkilotchi bo'larman. Hali bu borada bir to'xtamga kelmadim. Jahon chempionatidan so'ng bu haqda o'ylab ko'raman. Hozir bor etiborimni jahon chempionati tayyorgarligiga qarataman.



- Yaqin kelajakda figurali uchish bo'yicha qaysi o'zbekistonlik sportchiga umid bog'lasak bo'ladi?

- Bugungi kunda figurali uchish bilan ko'plab yoshlar shug'ullanishyapti. Lekin ularning xalqaro maydonda o'sishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berish kerak.


- Yosh Elizabeta Tursunboevaning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Uning potenicali yuqori. Lekin uning ishtirokini ko'rmaganimga ancha bo'ldi. Hozirgi jismoniy holati qanday, jarohati bormi, agar bo'lsa musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun halal bermayaptimi? Bu narsalarni bilmayman. Ammo, hamma qatori men ham Elizabetaning xalqaro musobaqalarda yuqori marralarni zabt etishiga ishonaman.

Miron Goyxman championat.asia va olamsport.com saytlari uchun Pxyonchxandan maxsus tayyorladi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика