So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  6 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  24 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   36 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  226 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

Mirjamol Qosimov va OCHLdagi boshqa debyutantlar Yangiliklar

Mirjamol Qosimov va OCHLdagi boshqa debyutantlar

O'zbekiston chempioni “Bunyodkor” kecha Osiyo CHempionlar ligasi 5-turi doirasida Saudiya Arabistonining “Al-Fath” klubini qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalar davom etayotgan pallada “Bunyodkor” safida o'zgarish bo'ldi. O'yin davomida faol harakat qilib, bitta golga mualliflik qilgan Vohid SHodiev o'z o'rnini 18 yosh futbolchi Mirjamol Qosimovga bo'shatib berdi.

Aynan “Al-Fath”ga qarshi bahs Mirjamol Qosimovning Osiyo CHempionlar ligasidagi debyut uchrashuvi sifatida tarixda qoldi. Etiborlisi, Mirjamolni qo'shib hisoblaganda “Bunyodkor” jamoasi bilan OCHLda debyut qilgan futbolchilar soni 31 nafarga etdi. SHuni alohida qayd etish kerakki, 44-raqamli futbolchi “Bunyodkor” tarixida OCHLda debyut uchrashuvini o'tkazgan eng yosh futbolchi bo'lib oldi.

2014 yilgi mavsumga katta o'zgarishlar bilan kirib kelgan “Bunyodkor” safida bu yil OCHLda jami olti nafar futbolchi debyut qildi. Bular – Vohid SHodiev, Sardor Sobirxo'jaev, Bobirjon Akbarov, Akbar To'raev, Hasan Asqarov va Mirjamol Qosimov.

2008 yilgi turnirda “Bunyodkor” safida jami 13 nafar futbolchi OCHLdagi debyutlarini nishonlashgan.

Quyidagi jadvalda “Bunyodkor” bilan Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida debyut uchrashuvini o'tkazgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin.

#

Futbolchi

Tug'ilgan sanasi

Debyut uchrashuvi

1 Mirjamol Qosimov 24.09.1995 2014. “Bunyodkor” – “Al-Fath” 3:2 (S.Arabistoni)
2 Hasan Asqarov 17.04.1994 2014. “Fulad” (Eron) – “Bunyodkor” 1:0
3 Akbar To'raev 27.08.1989 2014. “Fulad” (Eron) – “Bunyodkor” 1:0
4 Bobirjon Akbarov 14.02.1989 2014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
5 Sardor Sobirxo'jaev 06.11.1994 2014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
6 Vohid SHodiev 09.11.1986 2014. “Al-Fath” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 0:0
7 Sardor Rashidov 14.06.1991 2013. “Bunyodkor” – “Beyczin Goan” 0:0 (Xitoy)
8 Dilshod Jo'raev 21.04.1992 2012. “Ulsan Xyonde” (J.Koreya) – “Bunyodkor” 2:0
9 Alibobo Rahmatullaev 08.02.1991 2012. “Adelida Yunayted” (Avstraliya) – “Bunyodkor” 0:0
10 Artyom Filiposyan 06.01.1988 2012. “Poxang Stilerz” (J.Koreya) – “Bunyodkor” 0:2
11 Lutfulla To'raev 30.03.1988 2012. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” 1:2 (Avstraliya)
12 Javlon Ibroximov 10.12.1990 2011. “Bunyodkor” – “Piruzi” (Eron) 0:0
13 Akmal SHorahmedov 10.05.1986 2011. “Bunyodkor” – “Al-Ittihod” 0:1 (S.Arabistoni)
14 Yannis Mandzukas 08.05.1984 2011. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:1
15 Aleksandr Kovalyov 24.09.1986 2010. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:2
16 Anvar Rahimov 20.02.1988 2010. “Al-Vahda” (BAA) – “Bunyodkor” 1:2
17 Kamoliddin Murzoev 17.02.1987 2009. “Bunyodkor” – “Poxang Stilerz” (J.Koreya) 3:1
18 Ruslan Melziddinov 26.03.1985 2009. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:2
19 Bahodir Pardaev 26.04.1987 2008. “Bunyodkor” – “Adelaida Yunayted” (Avstraliya) 1:0
20 SHavkat Raimqulov 07.05.1984 2008. “Sepahon” (Eron) – “Bunyodkor” 1:1
21 Xayrulla Karimov 22.04.1978 2008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
22 Anvar Rajabov 23.01.1988 2008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
23 Sahob Jo'raev 19.01.1987 2008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
24 Murodjon Zuxurov 23.02.1983 2008. “Bunyodkor” – “Sepahon” (Eron) 2:0
25 SHavkat Salomov 13.11.1985 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
26 Sergey Lushan 14.06.1973 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
27 Azizbek Haydarov 08.07.1985 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
28 Viktor Karpenko 07.09.1977 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
29 Aleksandr Xvostunov 09.01.1974 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
30 Ulug'bek Baqoev 28.11.1978 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0
31 Pavel Bugalo 21.08.1974 2008. “Al-Ittihod” (S.Arabistoni) – “Bunyodkor” 1:0

Bahodir Mirzaev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика