So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 3:2 (матнли трансляция)   256 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Mirjalol Qosimov: "Yana o'sha eski xatolar qimmatga tushdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yana o'sha eski xatolar qimmatga tushdi"

OCHL 3-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Fulad" (1:1) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

- O'yin haqida nima deya olaman. Yana o'sha eski xatolar qimmatga tushdi. "Al Jaish"ga qarshi o'yindagi bo'lgani kabi bitta futbolchi uch-to'rt nafar futbolchimizni aldab gol urdi. Ayrim futbolchilarimiz oddiy xatolarga yo'l qo'yishdi. Agar guruhdan chiqishni istasak bunday xatolar qilish kerak emas. Maydonga tushgandan so'ng bor kuchi bilan harakat qilish kerak, bugungidek emas, - deydi Qosimov.

- OCHLda faqat kuchli klublar o'ynashadi, bunday saviyada bunday xatolarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Yana bir narsani unutmaylik, bizda mavsum endi boshlanmoqda. Eronda esa ikkinchi davra ketmoqda. Hali hech narsa boy berilmadi. Keyingi o'yin biz uchun oxirgi imkoniyat bo'ladi.

- Hozir futbol bitta joyda turmayapti. Yugurmagan futbolchi pul topa olmaydi. Oldin "yotib" ham futbol o'ynay olish mumkin edi. Hozir unday emas. Bugun zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytira olishmadi.
 
- Pardaevda ham, SHodievda ham imkoniyatlar bo'ldi. Ammo to'p bilan muomalada xatolar bo'ldi. Bahodir raqib jarima maydoni ichida yaxshi o'ynaydi. Ammo bugun kuchli raqibga qarshi o'yinda tan olish kerak o'yini chiqmadi. Maydonga tushgach barcha o'z hissasini qo'shish kerak. SHu bois ham jamoaviy o'yin deyiladi.

- G'alaba qozona olmadik, bundan xursand emasman. G'olib bo'lganimizda imkoniyatimiz oshib ketardi. Bugun uch ochko uchun tushgandik. So'nggi daqiqalarda urgan golimiz bizga umid qoldirmoqda. Lekin durangdan qoniqmadim.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика