So’nggi yangiliklar

07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  0 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  5 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  38 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  5 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  5

Mirjalol Qosimov: "Maqsadimiz yaxshi o'yin namoyish etib, ishqibozlarni xursand qilish" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maqsadimiz yaxshi o'yin namoyish etib, ishqibozlarni xursand qilish"

O'zbekiston - Yangi Zelandiya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Mirjalol Qosimov va Temur Kapadze ishtirok etdi.

- Ertaga Yangi Zelandiya bilan birinchi o'ynaymiz. Raqib intizomli va jismonan baquvvat, evropacha futbol ko'rsatadi. O'yin muxlislarga yoqadi deb o'ylayman. Maqsadimiz yaxshi o'yin namoyish etib, ishqibozlarni xursand qilish. Uchrashuvni birinchi raqamli jamoa sifatida boshlashni rejalashtirganmiz, - deb gap boshladi Qosimov.



Temur Kapadze: - Yangi Zelandiyani kecha o'rganib chiqdik. Futbolchilari jismonan baquvvat. Muxlislarga g'alaba taqdim qilishga intilamiz. Yoshlarimizga Osiyo o'yinlarida ijobiy natija qayd etishlariga tilakdoshman.

- Hujumchilar borasida muammo yuzaga kelmaydimi?
- O'rtoqlik uchrashuvlari jamoa imkoniyatlarini tekshirib ko'rish uchun ham tashkil etiladi. Futbolda faqat hujumchilar emas, balki yarim himoyachi va himoyachilar ham faol o'ynashlari zarur. .

- Iordaniya bilan o'ynagan futbolchilar ertaga maydonga tushishlari mumkinmi?
- Yo'q. Ko'p o'rtoqlik o'yinlari o'tkaza olmaymiz. Asosiy tarkibni sinab ko'ramiz. Yoshlar zaxiradan tushishlari mumkin.

- Yangi Zelandiya o'yinchilarining qanday ustun taraflari bor?
- Angliya, Franciya, Gollandiya, Norvegiya singari davlatlarda to'p tepadigan futbolchilari bor. Yaponiya bilan kechgan bahsini kuzatdik. Standart vaziyatlarda yaxshi o'ynashadi, qanot himoyachilari hujumga yordam berishadi.

- Avvalgi holatiga qayta olsa, yana qaysi futbolchilarni chaqirishingiz mumkin?
- Bunday futbolchilar bor. Masalan, Salomov. Biroq u klubi tarkibida to'liq o'ynamayapti.



- Terma jamoaga anchadan beri chaqirilmadingiz. Termadagi faoliyatim tugadi degan fikr kelmadimi?
Temur Kapadze: - Yo'q, shu vaqt ichida o'tgan yilgi xatolar ustida o'ylashga ham vaqt topildi. Hozir esa jamoaga bor kuchim bilan yordam berishga tayyorman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика