Mirjalol Qosimov: "Imkoniyat berildimi, futbolchi o'zini ko'rsatishi kerak"
28 may 2014 08:30
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Imkoniyat berildimi, futbolchi o'zini ko'rsatishi kerak"
Kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Ummon uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin taassurotlari bo'yicha qisqacha to'xtalib o'tdi.
"Bugungi uchrashuvda yoshlarga ko'proq imkoniyat berildi. O'zi bu kabi o'rtoqlik uchrashuvlari terma jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib olish uchun kerak. Bunday o'yinlar qanchalik ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.
Endi bitta o'yin bilan yosh futbolchi o'zini to'laqonli namoyish qila olmaydi. Lekin imkoniyat taqdim etilganini his qilib, bundan maksimal darajada foydalanishga harakat qilmog'i lozim. CHunki, har doim ham bunday imkoniyat yuzaga kelmasligi mumkin.
Bugun terma jamoada etti nafar futbolchi debyut o'yinlarini o'tkazishdi. Hozir o'yin video tasmasini ko'rib chiqamiz va shundan so'ng kerakli xulosalarni chiqarib olishim mumkin. SHunga qarab, 29 may kungi uchrashuvda qaysi futbolchilarga imkoniyat berilishini chamalab olaman.
Kamoliddin Alimov

championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar