Mirjalol Qosimov: "Hech kimni majburlab jamoada olib qolmoqchi emasmiz"
04 dek 2013 17:40
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "Hech kimni majburlab jamoada olib qolmoqchi emasmiz"
"Bunyodkor" klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov klubning taqdirlash marosimidan so'ng muxbirimizga o'z fikrlarini bildirdi.
Mirjalol QOSIMOV: - Joriy mavsum Bunyodkor uchun omadli keldi. Jamoamiz bir yo'la uchta musobaqada g'olib chiqib, oltin xet-trikka erishdi. Lekin bu muvaffaqiyatlar osonlikcha qo'lga kiritilmadi. CHempionlik uchun kurash so'nggi turgacha davom etdi. Asosiy tarkib ham, Yoshlar ligasidagi o'rinbosarlarimiz ham 26-turda chempionlik masalasini ijobiy hal qilishdi. Har galgisidan bu safar juda qiyin bo'ldi. Bizni butun mavsum davomida izma-iz taqib etib kelgan Lokomotiv va Nasaf jamoalari so'nggi turgacha oltin medallar uchun kurashishdi. Taqdirimiz o'z qo'limizda ekanligi bizga qo'l keldi. Ertadan yangi mavsum haqida o'ylashni boshlaymiz. Yangi yildan umidlarimiz katta. Tarkibda sezilarli o'zgarishlar bo'lishi kutilyapti. Bazi etakchi futbolchilarimiz kelasi mavsum boshqa jamoalarda o'ynashadi. Futbol qonuniyati o'zi shunday. Bundan aslo xafa emasmiz. Hech kimni majburlab jamoada olib qolmoqchi emasmiz. Selekciya ishlari davom etyapti. Ro'yxatimizda taklif etilishi kerak bo'lgan futbolchilar bor. Hozir bor etiborni tarkibni yanada kuchaytirishga qaratamiz. Quvonarlisi, bugun mavsum to'purari Pishur bilan shartnoma muddatini uzaytirishga muvaffaq bo'ldik. Sashaning o'zi ham mamnuniyat bilan yangi kelishuvga imzo chekdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar