So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  1 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

Mirjalol Qosimov: "Guruhdan chiqishni istasak ertaga g'alaba qozonishimiz kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Guruhdan chiqishni istasak ertaga g'alaba qozonishimiz kerak"

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Fulad” (Eron) uchrashuvidan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va jamoa hujumchsii Vohid SHodiev qatnashdi.

"Avvalambor barchangizni kelayotgan Navro'z bayrami bilan tabriklayman. "Al Jaish" bilan o'yindan avval imkoniyatlarimiz yaxshi edi. Guruhdan chiqishni istasak ertaga g'alaba qozonishimiz kerak. Eron jamoalar yaxshi shakllangan. O'z navbatida biz ham kuchsiz emasmiz. Hozirgi kunga kelib "Fulad" yaxshi tarkibga ega. "Al Jaish" bilan o'yinda ikkinchi raqamda harakat qilgan bo'lsa, "Al Fath" bilan birinchi raqamda to'p tepdi. Ularda 4 ochko, bizda bitta. SHuning uchun yutishimiz kerak", - deydi Mirjalol Qosimov.

"Fulad"ni hurmat qilgan holda, ochko bizga ko'proq kerak deb o'ylayman. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz", - deya murabbiyini qo'llab-quvvatladi SHodiev.

- Tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?
- Javlon Ibrohimov oxirgi o'yinda boshidan jarohat olgan. Yo'qotadigan narsamiz esa qolmadi.

- Jamoaning o'yinida pasayish kuzatilgandek bo'lmayaptimi?
- Unday demagan bo'lardim. Bizga qarshi maydonga chiqqan jamoa ikki karra kuch bilan o'ynaydi. Imkon qadar o'zini ko'rsatgisi keladi. SHuning uchun bizga oson emas. Bazi joylarda o'yinimiz chiqmayapti. Ammo men ulaga ishonaman.

- MTJ va ichki chempionatda gol uryapsiz, OCHLda nima etishmayapti?
Vohid SHodiev:
- OCHL men uchun yangi musobaqa. Ammo bu erda ham harakat qilaman gollar urishga.

- Zaxira o'rindig'ini torliga nima sabab bo'ldi, mavsum oralig'idagi transferlar bilan kim shug'llandi?
- Ketganlarni o'rnini ochonlikcha to'ldirib bo'lmaydi. Nesterov, To'raev, Hasanov, Filiposyan va Taran. Yarim jamoa desa ham bo'laveradi. Bor salohiyatimizni ishga solib jamoa tuzdik deb ayta olaman. Bizga biroz vaqt kerak.

- "Futbol sharhi"da Islom Ahmedov "Bunyodkor"ni OCHLdagi omadsiz ishtirokiga chempionatdagi kuchsiz jamoalarning ko'pligida deb aytdi...
- Qani edi chempionlik uchun kurashadigan jamoalar soni ko'p bo'lsa. Bu nafaqat OCHLda, balki, MTJ uchun ham katta foyda.

- "Fulad"ning qaysi tomonilarini kuchli deb ayta olasiz?
- Eronlik futbolchilar tezkor harkat qilishadi. Ayniqsa qarshi hujumda tezkorlik bilan o'tib keta oladi. Raqibimizni durang ham qanoatlantiradi. O'ylashimcha qarshi hujum taktikasidan foydalanadilar. Undan tashqari standart vaziyatlarda yaxshi harakat qiladilar.

- Sobirxo'jaevda diskvalifikaciya bor, Ibrohimovda esa jarohat. O'rtaga Dilshod Jo'raevdan boshqa o'yinchi bormi?
- Haqiqatdan ham tayanch yarim himoyasida Dilshoddan boshqa o'yinchi ko'rmayapman. SHuning uchun asosiy etiborni hujumga qaratamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика