So’nggi yangiliklar

14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  3 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  2 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  70 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  12 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  11 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  6 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  7

Mirjalol Qosimov: "Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertaga nima bo'lishini Xudo biladi"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning KXDR (2:4) bilan bo'lib o'tgan uchrashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Mirjalol Qosimov aeroportdan chiqishi bilan uni suhbatga tortdik.


"Uchrashuv boshlanishi bilan tezkor gol o'tkazib yubordik. Uchta golni ham KXDR standart vaziyatlaridan urdi. Ikkita burchak zarbasi va bitta autdand so'ng gol qo'yib yubordik. Bunday voqealar rivojini hech kim kutmagan edi. Tezkor gollar barcha rejalarimizni buzib yubordi. Suniy qoplamali maydonda o'ynadik. Umuman bunday maydonda o'ynashimiz oldindan malum edi. To'rtinchi golni esa qarshi hujumda urishdi. Hujumga o'tib ketganimizda ular tezkor qarshi hujum orqali darvozamizni ishg'ol etishdi. Ikkinchi taymda hujum qildik, vaziyatlar yaratdik. Biroq hisobdagi farqni butunlay yo'qqa chiqara olmadik. Futbolchilar tanaffusdan keyin ham qo'l siltashmadi, harakat qilishdi. Lekin vaziyatni o'zgartirish qiyin edi. Hisob yiriklashib ketganidan keyin to'xtab qolmadik va imkon qadar futbolchilar ham o'ynashdi va ikkita gol kiritishga erishishdi. Bunaqangi o'yinlarda bu kabi oddiy xatolarga yo'l qo'yish kerak emas. Barcha gollarni o'zimizning xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik. Achinarlisi, juda oddiy vaziyatlarda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Bu o'yinda yutqazishimiz kerak emasdi. Biroq futbolchilar suniy qoplamali maydonda o'zlari istagandek harakat qila olishmadi. O'yindan bir kun oldin mashg'ulot o'tkazgandik, lekin futbolchilar bunaqa maydonda tezda moslashib keta olishmaydi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Mirjalol Qosimov.


- Bu uchrashuvda qaysi futbolchilarning o'yinidan ko'nglingiz to'lmadi? Legionerlar terma jamoada o'z imkoniyati darajasida o'ynay olishmayapti. Nesterov ham o'tkazib yuborilgan gollarda xatoga yo'l qo'ygan ekan...

- Barcha futbolchilar harakat qilishdi.Bu o'yindagi mag'lubiyatda kimnidir ayblamoqchi emasman. Hayot shunday. O'yindan so'ng uni emas, buni qo'yish kerak edi degan fikrlar bo'ladi. Ignatiy Nesterovni tajribasiga suyangan xolda uni asosiy tarkibga kiritgandim. SHu erda xato qildim. Eldor Suyunovni asosiy tarkibga kiritishim kerak edi. Bu bilan Nesterovni ayblamoqchi emasman. Lekin darvozaga turgandan keyin ishonchni ham oqlash kerak. Bazi vaziyatlarda jamoamizni Nesterov goldan qutqarishi lozim edi. Nesterovni tajribasiga ishonib, futbolchilarga dalda bo'ladi degan manoda unga ishonch bildirgandim. Bu qaror o'zini oqlamadi.


- Bu mag'lubiyat faoliyatingizga qanday tasir qiladi?

- Ertaga nima bo'lishi Xudo biladi. Nima bo'lsa o'shanda ko'ramiz. Bugun nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishimiz shart edi. Oddiy vaziyatlardagi xatolar, bir o'yinda keragidan ortiq xatolarga yo'l qo'ydik. Suniy qoplamali maydon ham baribir tasir ko'rsatdi. Odil Ahmedovda imkoniyat bo'ldi, Tursunov, Nasimov gol urishi mumkin edi. Biroq vaziyatlardan unumli foydalana olmadik.


- O'zbekiston terma jamoasi guruhdan chiqa oladimi?

- Albatta chiqa olamiz. Bunga shubha yo'q. Filippin g'alaba qozonganidan xabardormiz. Aytganimdek, Filippin tarkibida yaxshi futbolchilar jamlanishgan. Ularga oddiy raqibdek qaramaslik lozim. O'zbekiston terma jamoasi bu guruhdan chiqadi.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика