Mirjalol Qosimov: "Ertaga g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"
31 mar 2014 13:07
Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Ertaga g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"
OCHL 4-turidan o'rin olgan Fulad - Bunyodkor uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov va yarim himoyachi Sardor Rashidov ishtirok etdi.
- Fulad - juda yaxshi jamoa. Hali guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor. Bundan foydalanishimiz shart. Oldingi yillarda birinchi davrada 2 ochko to'plab keyin vaziyatni ijobiy tomonga bura olgandik. Bu mavsumni Saudiya Arabistonidagi durang o'yini bilan boshladik. Keyin uydagi ikki o'yinda muhim ochkolarni boy berdik. Endi safarda boy berilgan ochkolarni o'rnini qoplash kerak. Yangi mavsumdan oldin tarkibimizda katta o'zgarishlar bo'lib o'tdi. Fulad safida ajoyib futbolchilar mavjud. Jamoa bejizga Eronda chempionlik uchun kurashmayapti. OCHLdagi yoqimli ananamizni davom ettirish uchun g'alaba qozonishimiz shart, - deydi Mirjalol Qosimov.
- Fulad - kuchli raqib. Toshkentda Fulad bilan durang o'ynagandik. O'sha bahsda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Birinchi bo'limda o'yinimiz chiqmagandi, ikkinchi bo'limda o'zimizga kelgandik. Bu erga g'alaba uchun keldik, - deydi Sardor Rashidov.

Fikrlar