So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor”ni vaqtinchalik Volkov boshqarib turadi” Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: “Bunyodkor”ni vaqtinchalik Volkov boshqarib turadi”

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”dagi majburiyatidan halos bo'ldi va endi bor etiborini mamlakatimiz bosh jamoasiga qaratadi.
Bu haqdagi gap-so'zlar ancha oldin urchigandi va faqat bugunga kelib bu malumot o'z tasdig'ini topdi. Terma jamoamiz kelasi yili yanvar oyida Osiyo Kubogi-2015da ishtirok etadi.

Tabiiyki, endi bor etibor qita chempionatiga tayyorgarlikka qaratiladi. Oldinda o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Mirjalol Qo'shoqovich shu o'yinlar orqali jamoani Osiyo Kubogiga tayyorlaydi. Malumotlarga ko'ra, Qosimov shu yil kuzda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga ham terma jamoamizni olib boradi. Bu jamoa asosan 1991 yilda tug'ilgan futbolchilardan tarkib topgan bo'ladi. Albatta, bu yangilik ham ijobiy holat. Bu jamoadan ayrim o'yinchilar milliy terma jamoaga ham taklif etilishi mumkin.  

Bugungi yangilikdan so'ng Mirjalol Qosimov bilan bog'lanib, bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

- “Bunyodkor” jamoasidagi faoliyatimni to'xtatdim va endi bor etiborimni milliy terma jamoaga qarataman. Fursatdan foydalanib, men bilan birga shuncha yil davomida ishlagan futbolchilar, klub rahbariyati va jamoaning barcha ishchi-hodimlariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bugungi mashg'ulot oldidan katta ahil jamoa bilan xayrlashdim va ularga mavsumning qolgan o'yinlarida omad yor bo'lishini tiladim. Mashg'ulot oldidan so'nggi ko'rsatmalarimni berdim.

- “Bunyodkor”ga kim bosh murabbiy etib tayinlanadi?
- Hozircha aniq bir malumotga ega emasman. Bu masalani klub rahbariyati hal qiladi. Ungacha Aleksandr Volkov vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turadi. Qolaversa, yordamchilarim - Hikmat Ergashev va Murod Otajonov ham unga yaqindan yordam berishadi.

- Endigi rejalar qanday?
- Ertaga “Olmaliq” - “Andijon” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni tomosha qilish uchun Olmaliqqa boraman. Yakshanba kuni Namanganda “Navbahor”-“Nasaf” jamoalari o'rtasidagi o'yinni bevosita stadionda kuzataman. Endi turning turli o'yinlarini kuzatib, terma jamoaga munosib nomzodlarni ko'rib boraman.
  
Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика