So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  13 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Mirjalol Qosimov bilan MTJ va klub haqida Yangiliklar

Mirjalol Qosimov bilan MTJ va klub haqida

Bosh jamoamiz 15 va 19 noyabr kunlari mos ravishda Vetnam hamda Gonkong termalariga qarshi maydonga tushadi.
"SA" bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan Kamoliddin Alimov Vetnamga jo'nab ketish oldidan Mirjalol Qosimov bilan bugungi kun mavzusida suhbatlashdi.

- Ilk bor milliy jamoa yig'iniga Vohid SHodiev va SHahzod Nurmatovni taklif etdingiz. Bu futbolchilarni shaxsan o'z kuzatuvlaringiz asnosida terma jamoaga chaqirdingizmi yoki...?

- Biri Buxoroda, ikkinchisi Metallurgda butun mavsum davomida katta hajmdagi ishni bajardi. Juda intiluvchan yigitlar. Nafaqat men, balki yordamchilarim ham bu futbolchilarni kuzatib borishdi. Terma jamoa eshiklari hech qachon berkitilmagan. Mard maydonda sinaladi! O'zini ko'rsatgan, boshqalardan ajralib turgan futbolchi nima uchun milliy jamoa libosini kiymasligi kerak?! Avval aytganimdek, terma jamoaga yangi qon olib kirish lozim. Bu jarayonni bosqichma-bosqich amalga oshirib boramiz. 

- Raqib jamoalar lageridan xabardor bo'lib turibsizlarmi?

- Albatta. Vetnam bilan Toshkentda o'yin o'tkazgach, etarlicha malumotga ega bo'ldik. SHu kunlarda Xanoy shahrida 24-26 daraja issiq ekan. Kunora yomg'ir yog'yapti. Umuman olganda, futbol o'ynaydigan iqlim sharoiti. Faqat qo'shni Filippinga yopirilgan to'fon biroz xavotirga solyapti. Gonkong terma jamoasining esa 3-turda o'z maydonida BAAga qarshi o'tkazgan o'yinini ko'rib chiqdik. So'nggi daqiqalarda qo'yib yuborilgan 2ta gol tufayli yirik hisobda mag'lubiyat­ga uchradi. Bu holat xotirjamlikka berilish uchun xizmat qilmasligi kerak. Buni yigitlarga qayta-qayta tushuntiryapmiz. O'ylaymanki, Vetnam bilan Toshkentda bo'lib o'tgan o'yin ularga saboq bo'lgan. Yarim kuch bilan yutish haqida umuman o'ylamaslik lozim. Safardagi o'yinlarda nisbatan erkinroq o'ynaganmiz. Mezbon jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida harakat qilganidan keyin hujumkor o'yin namoyish etadi. Tabiiyki, bunday holatda bo'sh zonalar ko'p bo'ladi.

- Savolni endi "Bunyodkor" legionerlariga qaratsak - Aleksandr Pishur va Marko Blajich o'z vatanlariga jo'nab ketishdimi?

- Ha. Bu ikki futbolchimiz 21 noyabr kuni Toshkentga qaytishlari kerak. CHunki 22 noyabr kuni jamoamiz azosi Lutfulla To'raevning nikoh to'yi bo'lib o'tadi. 28 noyabrda esa Artyom Filiposyan bo'ydoqlik bilan xayrlashadi. Kuyovto'ralar Pishur va Blajichsiz to'y o'tmaydi, de­yishgan.

- Har ikki legioner bilan amaldagi shartnoma shu yil nihoyasiga etadi. Bunyodkorning chempion bo'lishi va kubokni qo'lga kiritishida bu ikki futbolchi, ayniqsa, Pishurning xizmatlari katta bo'ldi. Ularni Toshkent­da olib qolish yuzasidan harakatlar boshlandimi?

- Hali gaplashmadik. Lekin ikkisining ham faoliyatini hech bo'lmaganda yana bir mavsum Bunyodkorda davom ettirish istagi bor. Pishurni olib qolsak, yaxshi bo'lardi.

- Matbuotda Lutfulla To'raev va Jasur Hasanovning Lokomotiv klubiga ko'chib o'tishlari haqida xabarlar paydo bo'ldi. Bu malumot qanchalik haqiqatga yaqin?

- Men ham bu haqda eshitdim. Lekin futbolchilarning o'zlari bu mavzuda hali hech narsa deyishmadi. Bo'lmasa, ular bilan bugun ham gaplashdim. Boshqa tomondan, Lokomotiv rahbariyati Hasanov va To'raev transferlari yuzasidan davralar oralig'idayoq bizga taklif bilan chiqqandi. Ammo o'sha payt ularni qo'yib yuborish rejamizga kiritilmagandi. Dekabr oyida ikkala futbolchi bilan tuzilgan shartnoma yakunlanadi va ular ketishni istashsa, erkin agent maqomida temiryo'lchilar safiga borib qo'shilishlari mumkin.

- Bu bilan asosiy raqibning kuchayi­shiga bevosita yordam berib yubormaysizlarmi?

- Futbolda bu oddiy holat. Hammasini to'g'ri qabul qilish kerak. Qolaversa, ular yosh bola emaslar. Qanday qarorga kelishni o'zlari hal qiladilar. Istalgan sport turida, ayniqsa, millionlar o'yinida futbolchini majburlab o'ynatishdan foyda yo'q. Aksincha, bu faqat klub zarariga ishlashi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика