So’nggi yangiliklar

11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  1 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  1 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  0 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  4 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  8 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  7 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   11 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  18 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  5 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  16 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  41

Mirzakamol Kamolov: “Andijon”ning fanatlari etakchi ekanligini barcha futbolchi biladi” Yangiliklar

Mirzakamol Kamolov: “Andijon”ning fanatlari etakchi ekanligini barcha futbolchi biladi”

Kecha Andijon viloyati teleradiokompaniyasida bo'lib o'tgan ko'rsatuv ishtirokchisi Mirzakamol Kamolovga muxlislar tomonidan bir nechta savollar berildi.
Futbolchi o'z navbatida ularga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Mirzakamol ilgari ham “Andijon”da o'ynagansiz. Oxirgi yillarda esa “Nasaf” va “Neftchi” singari klublarda to'p tepdingiz. Bu jamoalarni taqqoslaganda, qanday farqni ko'rasiz?
- Avvalambor assalomu alaykum. Ko'rsatuv ijodkorlari va muxlislarini yangi kirib kelayotgan futbol mavsumi va qolaversa Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Savolingizga keladigan bo'lsak, men faqat bu borada bir narsani aytishim mumkin. Yani andijonlik fanatlarni yurtimizda etakchi ekanligini bemalol takidlay olaman. Menimcha bu fikrimga boshqa futbolchilar ham qo'shiladi.

- Bu yil yana “Andijon”ga qaytdingiz. Aslida Toshkentliksiz. Aytingchi boshqa viloyat jamoalarida faoliyat yuritishingiz shaxsiy hayotda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydimi?
- O'sha paytda huquqiy jihatdan “Paxtakor” futbol klubiga tegishli bo'lganman. O'zingizga yaxshi malum bu klubda raqobat kuchli bo'lib kelgan. Asosiy tarkibda o'ynashim qiyin bo'lgach rahbariyat meni “Andijon”ga ijaraga bergandi. Tan olaman, bu erda o'ynab futbolchi sifatida yanada shakllandim. Ozmi-ko'pmi muxlislar mehrini qozondim. Ashaddiy ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi ham bizga ko'shimcha kuch bag'ishlaydi. Futbolchining hayoti shunaqa. Bugun Toshkentda bo'lsa, ertaga boshqa viloyat jamoasida. Hamma sportchi ham o'zini qoniqtirgan joyda faoliyat yuritishni istaydi. Bu yil “Andijon”ga bosh murabbiy ishonch bildirib meni ham taklif etdi. Endi siz muxlislarni va klub ishonchini oqlash uchun bor kuchimni berib o'ynayman.

- Ilgari “Andijon”da ijara asosida o'ynaganingizda “Paxtakor”ga qarshi bahslarni o'tkazib yuborardingiz. SHanba kuni 1-turda “sherlar”ga qarshi bo'lajak uchrashuvda sizni maydonda ko'rishimiz mumkinmi?
- Ha, to'g'ri aytdingiz. Haqiqatdan ham o'sha mavsumlarda o'zaro kelishuvga asosan “Paxtakor” bilan o'yinlarda maydonga tushmagandim. Lekin men hozir to'laqonli “Andijon” azosiman. Jamoa bilan esa yaqinda bir yillik shartnoma tuzdim. SHuning uchun raqibimiz “Paxtakor”mi, “Bunyodkor”mi yoki “Nasaf” bo'ladimi, bemalol o'ynayman olaman.

Islombek RUSTAMBEKOV yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика