So’nggi yangiliklar

21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  6 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  0 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  4 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  8 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  6 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  11 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  23 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  1 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  9 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  22

Mirkomil Lokaev: Metallurgga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi Yangiliklar

Mirkomil Lokaev: Metallurgga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi

Dinamo - Metallurg (2:1) uchrashuvining 90+2-daqiqasida ajoyib gol urgan himoyachi Mirkomil Lokaev Samarqand klubiga mavsumdagi ilk g'alabani keltirdi.

O'yindan keyin futbolchining fikrlari bilan qiziqdik.

- “Nasaf” bilan dastlabki o'yindagi durang va “Surxon” bilan safardagi alamli mag'lubiyatdan keyin “Metallurg” bilan uchrashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan quvontirish shart edi. Barchamiz o'yindan oldin buni juda yaxshi tushinib, murabbiylarimiz har tomonlama o'yinga tayyorlashgandi. Raqibimiz “Metallurg” jamoasi kuchli tarkibga ega hurmatga sazovor klub sanaladi. O'yin ikki jamoa uchun ham juda og'ir kechdi. Xudoga shukur, biz oxirigacha kurash olib bordik va g'alabani qo'lga kiritdik.

So'nggi daqiqada kiritgan golim “Dinamo”ga g'alaba keltirganidan juda ham xursandman. Men faqat o'yin yakunida emas, o'yin davomida ham himoyadan murabbiylarimiz ko'rsatmasi bilan hujumga qo'shilib turdim. Ochig'ini aytsam, gol urishimni sezgandek edim. O'sha vaziyatda bosh bilan gol urish qiyin bo'lsa-da, omad kulib boqdi. Bu faoliyatimdagi eng muhim gol bo'ldi.

CHindan ham, “Metallurg” darvozasiga kiritgan g'alaba golim faoliyatimdagi dastlabkisi bo'ldi. G'alabamiz butun jamoaning murabbiylar ko'rsatmasi bilan oxirigacha kurashgani va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi evaziga bo'ldi. “Dinamo” bitta oilaga aylangan. Nasib qilsa, g'alabali yurishni davom ettirishga bor kuchimizni sarflaymiz” – deydi 24 yoshli “Dinamo” himoyachisi Mirkomil Lokaev.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика