So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Mirko Yelichich: "CHempionlik oson qo'lga kiritilmadi" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "CHempionlik oson qo'lga kiritilmadi"

Dinamo - Lokomotiv uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida chempionlikni nishonlagan jamoaning bir yo'li ikki murabbiyi Mirko Yelichich va Andrey Miklyaevlar ishtirok etishdi.

- CHempionlik bilan tabriklaymiz. Avvalo o'yin borasida to'xtalsangiz?

Mirko Yelichich:

- Tabrik uchun rahmat. Samarqandda «Lokomotiv»ga hech qachon oson bo'lmagani bois, bu safar ham o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib kelgandik. Sababi, turnir jadvali bizdan ham, raqiblarimizdan ham faqat g'alaba qozonishni taqozo qilardi. O'yin davomida vaziyatlardan unumli foydalana oldik va g'alaba qozondik. CHempionlik oson qo'lga kiritilmadi.

Andrey Miklyaev:


- Men ham qo'shimcha qilishni istardim, bugun oson g'alabaga erishdik deya olmayman. O'yin oldidan ruhiy bosim bor edi. SHunga qaramay, yigitlarimiz ko'rsatmalarni bexato amalga oshirishdi, ularga rahmat. «Dinamo» o'yin davomida bizni pressing orqali shoshirib qo'yishga intildi, ammo 90 daqiqa pressing qilishning iloji yo'q. Hisob barchasini aytib turibdi, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik.

- O'yin davomida Qarshidagi natijadan boxabar bo'lib turdingizmi?

Mirko Yelichich:

- Faqat o'yin yakuniga etayotganda Qarshidagi natijadan xabar oldim. Ungacha Qarshidagi o'yinni emas, faqat o'zimizni o'yinni o'yladim.

Andrey Miklyaev:

- Men faqat birinchi taym yakunida Qarshida kichik hisob qayd etilayotganini bildim. Ikkinchi bo'lim yakunida esa yirik natijadan xabar topdim. Asosiysi, biz o'zimizni o'yinga etibor berishimiz shart edi va buni uddaladik.

- CHempionat deyarli yakunlandi. «Lokomotiv» uchun 2017 yilda eng muhim va asosiy o'yinlar bo'ldi?


Mirko Yelichich:

- «Lokomotiv» uchun asosiy raqib «Nasaf» jamoasi bo'ldi. Ular bilan kurashish oson bo'lgani yo'q. Ikkinchi davrada esa kurashga «Paxtakor» qo'shildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика