So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  1 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  1 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  20 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  4 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  25 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  16 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  21 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

Mirjamol Qosimov: "Mirjalol Qosimov jamoasida bo'lish bosimi yo'q. Aksincha, bu intilishga turtki beradi" Yangiliklar

Mirjamol Qosimov: "Mirjalol Qosimov jamoasida bo'lish bosimi yo'q. Aksincha, bu intilishga turtki beradi"

OKMK yarim himoyachisi Mirjamol Qosimov Rossiyaning "Rotor" klubiga qarshi o'yin yakunida yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida fikr bildirdi.

– Yig'in qanday o'tmoqda?

– Ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz: ertalab va kechqurun. Shunday paytlar bo'ldiki, ertalab mashg'ulot qilib, kechqurun o'yin o'tkazdik. Hammasi joy-joyida ketyapti. Chempionatni 100 foiz tayyor holda boshlaymiz.

– Adashmayotgan bo'lsam, Turkiyada yig'in o'tkazayotganlar orasida, menimcha, faqatgina OKMK mag'lubiyatga uchramagan jamoa bo'lib turibdi. Bu kabi o'yinlar albatta natijaga qaralmaydi. Jamoani har tomonlama, turli maktab vakillari bilan o'yinlar kuchaytirib boradi...

– Takidlaganingizdek, o'quv-mashg'ulot yig'inlarida natijaga qaralmaydi. Nimaga desangiz, chempionatga bitta yo'nalishda tayyorlanish bo'lmaydi. Bu erda ikki xil, uch xil taktika sinab ko'riladi. Uchrashuvlar davom etayotgan paytda o'yin sxemasi o'zgarib ketadi. Shuning uchun har xil sxema sinovdan o'tkaziladi. Eng asosiysi – futbol o'ynash, sifat va o'sha uchta-to'rtta rejani yaxshilab mukammal o'rganib olish deb o'ylayman. Shuning uchun ham yig'inlarda bellashuvlar o'tkaziladi.

– Gohida bir kunda ikkita o'yin ham o'tkazilyapti va barchaga imkoniyat ham berilyapti.

– Albatta. Yig'inda hamma bir xil yuklama olishi kerak. Bir xil tayyor bo'lib borishi kerak. Nimaga desangiz, chempionat uzoq davom etadi. Juda uzoq davom etadi. Bir hafta, bir-ikki oy emas. Chempionatda har xil vaziyat bo'ladi. Shuning uchun hammaga yuklama bir xil deb bo'lsin, hamma o'yin amaliyotiga ega bo'lsin deb shunaqa qilinadi deb o'ylayman. Bu mening fikrim.

– Muxlislar standartdan kiritiladigan gollarni ancha sog'inib qolishgan...

– Nasib qilsa harakat qilamiz.

– Mirjalol Qosimov murabbiylik qilayotgan OKMKda boshqa futbolchilarga qaraganda sizga ko'proq bosim bo'ladimi?

– Hammayoqda shu savol beriladi. Juda ko'p beriladi. Hozir bosim yo'q. Ko'nikib qolganman. Aksincha bosim turtki beradi. Har doim shuni aytib kelganman. Buni to'g'ri qabul qilaman va oldinga intilishga harakat qilaveraman.

– OKMK muxlislariga tilaklaringiz...

– Qo'llab-quvvatlashda davom etinglar, bizga ishoninglar. Ishonchingizni oqlab, chempion bo'lib, sizlarni xursand qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
13 fev 12:19:43
Bahrom Abdurahmonov
suratda o'sha mashhur "4" raqami
   
14 fev 17:24:56
Бахтиёр Ашуров
Sherzodjon Abdullayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу ОКМК чемпионатни зур бошлайди лекин охиригача кучи етмайдими
АГМК ўтган мавсумни айтмаса. Ҳар йили ҳаминқадар таркиб билан, совринли ўринларни олади. Шунчаки 2025 да таркиб анча ёшартирилди. Ёшларда стабильность етишмайди. Абрамов ва Рўзиқулда шунақа. Ҳар мавсум сўнгига келиб очко йўқотишни бошлашади!
   
13 fev 14:05:05
Abdulaziz Turdibekov
dadasi bo'masa bilmadim qayerda o'ynardi yo tugatardi yo 10 ligada yurardi
   
13 fev 12:23:45
Sherzodjon Abdullayev
Шу ОКМК чемпионатни зур бошлайди лекин охиригача кучи етмайдими
-2   
13 fev 15:04:05
Akbar Umarov
Otasini erkatoy o'g'li. Paxtakor PFCni xattoki 10 tarkibigixam aslo tortmaydi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика