So’nggi yangiliklar

11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  0 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  1 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  5 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  5 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10

Mirjalol Qosimov: "Yangi futbolchilarni ihtiro qilamiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yangi futbolchilarni ihtiro qilamiz"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov qatnashdi.

Mirjalol Qosimov: - Derbiga xos o'yin bo'ldi. SHiddatli futbol guvohiga aylandik. "Bunyodkor" libosida tushgan shogirdlarimdan faxrlanaman. Birinchi bo'limda tashabbus raqib tomonda bo'ldi. Ammo tanaffusdan so'ng har ikkala jamoa g'alabaga loyiq o'ynadi. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat. Ular bugun stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Derbiga xos muhit ostida o'ynash yoqimli. Agarda har uchrashuvda muxlislar tashrifi shunday bo'lib tursa, unda futbolchilar maydonda bor kuchlari bilan harakat qilishadi, ularda motivaciya oshadi.

Jiddiy va keskin o'yinda tez fikrlab, sovuqqon futbol o'ynashga har qanday futbolchi qiynaladi. Aynan shu kabi o'yinlar orqali futbolchilar yangi darajaga chiqadi. SHunda futbolchilarning maydonda fikrlash doirasi kengayadi.
Raevac nega tushmadi? Unda kichik jarohat mavjud edi. Qolaversa raqibdan kelib chiqib taktika tanlagandik.

Bir jamoani shakllantirish uchun malum vaqt kerak. Jamoaga yangi qo'shilgan o'yinchilarning darajasi tarkibdagi futbolchilar bilan bir xil saviyada. Ketgan futbolchilarga omad tilaymiz. Garchi etakchilarga ketgan bo'lsada mayli, bundan fojia yasamaymiz. Aksincha yangilarini ixtiro qilamiz. Darvozabonlarga har doim bir xil imkoniyat beramiz. Bugun Zuhurov ishonchni to'liq oqladi.

Murod Zuhurov: - Derbiga tayyorgarlik o'zgacha bo'ladi. Futbolchilar bilan bu o'yinga jiddiy yondashgan holda chiqdik. Murabbiylar ko'rsatmasi ostida muhim va juda kerakli g'alabani qo'lga kiritdik. Penaltini qaytarishda tavakkal sakramadim, shunchaki futbolchini zarbasiga qarab reakciya qildim. Muxlislarga katta rahmat aytaman.

Reyting: +100   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика