So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  6 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  1 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  5 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  13 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  1 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  3 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  31 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  10 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Mirjalol Qosimov - O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov - O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Xabaringiz bor, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oldiga 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan bo'lib, bu yuksak masuliyatli vazifani amalga oshirish uchun murabbiylar shtabidan etuk mahorat va katta tajriba talab etiladi.

Ana shuni inobatga olgan holda, O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid  Ahmadjonov tomonidan Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko'rib chiqildi.

Yakunda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga o'zbek futboli afsonasi, ayni paytda “Bunyodkor” klubini boshqarayotgan Mirjalol Qosimov nomzodida to'xtalindi.

Umid Ahmadjonov Mirjalol Qosimov bilan bu mavzuda shaxsan suhbatlashib, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi oldida jiddiy va masuliyatli vazifa turganligi, O'zbekistondagi barcha futbol muxlislari terma jamoamizni Olimpiadada ko'rishni intiqib kutayotganini, ularning ishonchini oqlash uchun barcha kuch va mahoratni sarflash, tinimsiz mehnat qilish zarurligini takidlab o'tdi.  SHuningdek, Olimpiya terma jamoasiga futbolchilarni saralab olishda xolis bo'lish, faqat eng munosiblarini tanlab olish kerakligi borasida ham so'z yuritildi.

O'z o'rnida Mirjalol Qosimov ham zimmasiga yuklanayotgan vazifaning masuliyatini to'liq his qilayotganini takidlab, O'zbekiston olimpiya terma jamoasini Tokio-2020 ga olib borish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishga vada berib o'tdi.

Mirjalol Qosimov endilikda Olimpiya terma jamoasi tarkibini shakllantirish ishlarini olib boradi. SHuningdek, terma jamoaga nomzod futbolchilarni saralab borish, ularni yaxlit bir jamoaga aylantirish, raqobatbardosh, kuchli jamoa yaratish ishlari bilan shug'ullanadi. O'z o'rnida O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan Olimpiya terma jamoasi uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratilib, turli yig'inlar va kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilib boriladi.

Terma jamoamizni Olimpiada o'yinlarida ko'rish xalqimizning, muxlislarimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Umid qilib qolamizki, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi futbolchilarimiz ana shu azaliy orzuni amalga oshirib, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadada ishtirok etadi.

Reyting: +189   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика