Mirjalol Qosimov: "O'zbekiston kubogidagi minimal vazifani bajarib, guruhdan chiqqanimiz bilan ishqibozlarimizni tabriklayman!"
19 apr 2022 21:25
Yangiliklar
Mirjalol Qosimov: "O'zbekiston kubogidagi minimal vazifani bajarib, guruhdan chiqqanimiz bilan ishqibozlarimizni tabriklayman!"

"O'yin qiziqarli va hujumkor ruhda o'tdi. Ishonchli g'alaba erishib, muxlislarga quvonch bag'ishlaganimizdan xursandman. O'zbekiston kubogidagi minimal vazifani bajarib, guruhdan chiqqanimiz bilan ishqibozlarimizni tabriklayman!
"Zomin" jamoasi ham bugun etarlicha qarshilik ko'rsatishga urindi, o'tgan o'yinlarda bekorga ochko olmaganini isbotladi. Lekin biz raqibni kerakligicha o'rganib, ularga qarshi aniq reja asosida o'ynadik. O'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Jamoamiz o'yindan-o'yinga o'z futbolini yaxshilab, kerakli natijalarga erishmoqda. Buyog'iga Superliga o'yinlari davom ettiriladi. Yaqin 1 oy davomida chempionat doirasida 7 o'yinda ishtirok etamiz. Navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarni xursand etish uchun ishlaymiz", – dedi olmaliqliklar ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar