So’nggi yangiliklar

18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  2 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  2 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   7 17:43Роналду "Барселона" футболчиси билан ҳазиллашди  4 17:25"Барселона" раҳбарияти Хавидан iPhone ва iPad'ларни қайтаришни сўрамоқда  9 17:01Испаниянинг мағлубиятсиз серияси нечта ўйинга етди?   1 16:45Аббосбек Файзуллаев эртага майдонга туша оладими?!  17 16:41Тошкентга келган БАА ҳужумчиси охирги уч ўйинда дарвозага умуман аниқ зарба бермади  11 16:36"Арсенал"ни стандартлар бўйича Европанинг энг кучли жамоасига айлантирган мураббий  1 16:20"Барселона" "Арсенал"дан текинга футболчи олмоқчи  0 16:01Симеоне январда кетмоқчи эмас  0 15:42Иньеста ростдан ҳам "Реал"га мухлис бўлганми?  4 15:21Холанд журналистлардан узр сўради  2 14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  2 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1

Mirjalol Qosimov: "Omad biz tomonda bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Omad biz tomonda bo'ldi"

"Dinamo" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.


- Mirjalol aka, g'alaba bilan tabriklaymiz. Avvalo o'yin borasida to'xtalsangiz…

- Bugun jangovor o'yinga guvoh bo'ldik. Dinamo jamoasi bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi deb ayta olaman. Umuman olganda, bugungi o'yinda omad biz tomonda bo'ldi deb o'ylayman. CHunki, o'yin boshida standartdan tezkor gol urgan bo'lsak, ikkinchi bo'lim boshida ham standart vaziyatini golga aylantirib, ishonchli g'alabaga erishdik. O'yin yakunigacha muxlislar tomoshabop o'yin ko'rishdi. Qiyin o'yin bo'ldi.

- Tezkor gol kutilmagan va o'ziga xos tarzda kiritildi. Ushbu standart vaziyati ustida mashg'ulotlarda ko'rsatma berilganmidi yoki tasodifiy gol?

- Avvalo, gol kiritilgan vaziyatda omad biz tomonda bo'ldi. Ikkinchidan esa, albatta, bunday vaziyatlar o'z-o'zidan bo'lmaydi, standart vaziyatlari ustida ish olib boriladi. Mashg'ulotlardagi ishlarimiz bugun o'z samarasini berdi.

- Dinamo o'tgan turda Buxorodan durang natija bilan qaytgan edi. Bu jamoa o'yinini qay daraja o'rgangan edingiz?

- Albatta, Dinamoni yaxshi o'rgangan edik. Dinamo bizgacha Qo'qon-1912, Paxtakor, Buxoro kabi peshqadamlar bilan 0:0 o'ynagandi. Biz o'sha o'yinlarni o'rganib, tayyorgarlik ko'rgandik.

- Ishonchli g'alaba qozonilgan bo'lsada, shogirdlaringiz o'yinidan qoniqmagandek bo'ldingiz…?

- Futbol o'zi shunaqa o'yin sport turi, har doim ham barchasidan qoniqmaysiz. Asosiysi g'alabaga erishdik. Faqat o'yinimizdagi ayrim jihatlarimizni yanada kuchaytirishimiz kerak.

- Tezkor gollar o'yin taqdirini hal etdi. Bu sizning qo'l ostingizdagi Bunyodkorning eng oson g'alabasi bo'ldi, degan fikrga qo'shilasizmi?

- Yo'q, aslo bunday fikr noto'g'ri. Biz bu uchrashuvga haftalab tayyorgarlik ko'rgan edik. Omad tufayli tezkor gollar vazifamizni nisbatan osonlashtirgan bo'lsada, bugungi g'alabaga erishish uchun ko'p kuch ishlatdik. Umid qilamanki, yigitlarimiz keyingi o'yinlarda yanada yaxshiroq to'p sura olishadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика