So’nggi yangiliklar

13:47"Манчестер Юнайтед" А Сериядаги ярим ҳимоячи билан шартнома имзолаши мумкин  0 13:11Левандовски "Барселона" билан шартнома ҳақида: "Ҳали қарор қабул қилиш учун вақтим бор. Қаерда ўйнашни ва қайси йўналишда ҳаракат қилишни билмайман, лекин босим йўқ"  0 12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  9 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  3 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  5 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  7 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12

Mirjalol Qosimov: "Maqsadimiz Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish hisoblanadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Maqsadimiz Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish hisoblanadi"

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Bunyodkor" – AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

— Bugungi o'yin biz uchun juda kerakli edi. Hali hech narsa yo'qotilmagan, qolaversa, uchrashuv biz xohlagandek o'tdi va bahs davomida "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadik hamda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik, negaki, maqsadimiz Osiyo CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritish hisoblanadi. Hali oldimizda to'rtta o'yin bor. SHogirdlarim bugun ko'ngildagidek harakat qildi, to'pni nazorat qildi, qolaversa, yaxshi kombinaciyalar tashkil etishdi. Uchrashuv boshida to'p kiritdik. Ikkinchi bo'limda ham bir qancha imkoniyatlarga ega bo'ldik va ulardan foydalanishimiz lozim edi. Afsuski, ularning barchasini golga aylantira olmadik. Avvalgi bahslarda ham vaziyatlar yaratib, gol urishda muammolarga duch keldik. Biroq bugun muhim bo'lgan uch ochko sohibiga aylandik. Yigitlarga, shuningdek, bizga dalda bo'lib turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. 

— Muhammadanas Hasanov haqida qanday fikrdasiz, chunki u o'tgan yili "Qo'qon-1912" safida standartlarni yaxshi ijro etardi, ammo poytaxtga kelib, raqobatga moslasha olmayotganday tuyulmoqda...

— Raqobatsiz futbol yaxshilikka olib kelmaydi. Muhammadanas mashg'ulotlarda ham yaxshi harakat qilmoqda. Lekin o'yinlar qanday tarzda kechishini bilib bo'lmaydi. Masalan, birinchi bo'limda Mirahmadovning o'yini qovushmadi, shu bois, tanaffusni uni almashtirdim. Faqat o'z ustida ishlash kerak, boshqa yo'li yo'q. Hasanovga etirozim yo'q, u sidqidildan harakat qilmoqda. Hamma narsani vaqt ko'rsatadi. 

— Superligada rotaciyaning eng yaxshi ko'radigan murabbiylardan biri hisoblanasiz. Biroq Xurshid G'iyosov asosiy tarkibda doimiy maydonga tushadi. Bugun bazi vaziyatlarda xatoga yo'l qo'ydi. Unga doimiy o'yin amaliyoti berilishi o'yin uslubingizga mos tushishidanmi yoki boshqa sabab bormi?

— G'iyosov to'p bilan yaxshi muomala qila oladi. Nafaqat, Xurshid, balki qo'l ostimdagi barcha futbolchilarga asosiy tarkib kafolatlanmagan. Biroq u sheriklari bilan bir-birini yaxshi tushunadi. O'yin davomida o'zgacha uslubda harakat qilib, jamoaga foydasi tegadi. Uning o'ziga ham aytdim, Xurshidning o'yinida pasayish bor. Lekin bu oddiy hol. CHunki futbolchilarimizni raqib jamoa ham o'rganadi. Bu ham sabablardan biri bo'lishi mumkin. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика