So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Mirjalol Qosimov: "Hisobni ochgandan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Hisobni ochgandan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan AGMK - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirdi.

"Avvalambor 2020 yilgi O'zbekiston chempionatining boshlangani bilan tabriklayman. "Metallurg"ga qarshi qiyin o'yin bo'ldi, menimcha uchrashuv avvalida yomon taassurot qoldirmadik. Bir nechta vaziyatlar bo'ldi va gol urdik. "Metallurg" qarshi hujumda to'p kiritib hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi taymda hech qaysi jamoa yutqazishni xohlamadi, jangovor o'yin bo'ldi. Birinchi o'yinda qandaydir hayajon ham bo'ldi. O'z uyimizda g'alaba qozonishimiz kerak edi, biroq haqli ravishda durang qayd etildi.

Hisobni ochganimizdan keyin natijani ushlab qolish emas, yana gol urishga harakat qilish kerak. Futbolda ozgina xotirjamlikka berilsang bu katta xato bo'ladi. Futbol mana shunisi bilan qiziq.


Maydonga tushgandan keyin gol urishga harakat qilinadi, ammo raqib haqida ham unutib qo'ymaslik kerak. 120 daqiqa davomida umuman gol urilmasligi mumkin. Albatta g'alaba qozonishni istaymiz, ammo doim ham o'ylaganingiz amalga oshavermaydi.

Bir qator futbolchilar kichik jarohatlar olishdi. Futbol to'qnashuvlarga boy sport turi. Ertaga ular tibbiy ko'rikdan o'tishadi va jarohatlari qanchalik jiddiy ekanini bilamiz", - deydi Mirjalol Qosimov.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика