So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12

Mirjalol Qosimov: "Haqli ravishda durang o'ynadik" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Haqli ravishda durang o'ynadik"

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – OKMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Qiziqarli va ochiq o'yin guvohiga aylandik. Ikkala jamoa ham g'alabani maqsad qilib, maydonga tushgandi. Birinchi bo'limni g'alaba bilan tark etdik. Yaxshi imkoniyatlarni yuzaga keltirgandik. Hisobda oldinda borayotganimizda Sanches raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Futbol shunday epizodlardan iborat. Kimdir bundan foydalanadi, kimdir aksincha. SHu bois, haqli ravishda durang o'ynadik, deb o'ylayman. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat qilgandi. 

- OKMKning yaxshi o'yin namoyish etgani hamda ko'p vaziyat yaratganini inobatga olsak, klub bugungi bahsda 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko boy berdimi?

- Nasib qilganiga erishamiz. "Metallurg"ga qarshi o'yinda ham juda ko'p imkoniyat yaratgandik. Bekobodliklar yo'llagan beshta zarbaning to'rttasi golga aylandi. Biz esa yigirmaga yaqin zarba yo'lladik. 

- Omadsiz o'yinlardan so'ng jamoa o'yinidan qoniqdingizmi?

- Biz principial jihatdan yaxshi o'yin namoyish etmoqdamiz. Bekobodliklarga qarshi bahsda ham o'yinni nazorat qildik va yomon o'yin namoyish etmadik. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Bugun ham birinchi bo'limda 2:1 hisobida oldinda edik, ikkinchi bo'limda Rubin Sanchesda yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi, ammo u raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda gol ura olmadi. Boshqa jamoalar singari bugun "Paxtakor"ga qarshi bor kuchimizni ishga soldik. Oldimizga 3 ochko olish vazifasi qo'yilgandi. Bugun ikkinchi bo'limda oqsadik, qulay vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Yana shunday ketsak, jamoa muvaffaqiyatsizlik tubiga g'arq bo'ladi. Ammo bizda hali bunday emas. Bugun ham g'alaba qozonishni xohlagandik. Jamoada hech qanday inqiroz yo'q. Bu normal holat.

- "Metallurg"ga qarshi bahsdan so'ng deyarli barcha chiziqda o'zgarish qildingiz. Bu futbolchilarning avvalgi o'yinlardagi charchoq alomati bilan bog'liqmi yoki ularga berilgan vazifani bajarolmagani bilan bog'liqmi?

- SHuni esdan chiqarish kerak emaski, yana uch kundan keyin o'yinimiz bor. OCHL safaridan so'ng Bekobod klubi bilan oxirigacha kurash olib bordik. O'zim ko'p rotaciya qilaman. Keyingi o'yinni ham inobatga olganmiz. 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика