So’nggi yangiliklar

18:06"Портсмут" — "Арсенал". Таркиблар маълум  0 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  0 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  2 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  30 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3

Mirjalol Qosimov: "Bugungi g'alaba jamoaga ruhiy tomonlama yordam beradi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bugungi g'alaba jamoaga ruhiy tomonlama yordam beradi"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Surxon" - AGMK (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.




"Dastlabki ikkita o'yindan keyin ochkoga ega emasdik, ruhiy jihatdan bosim ostida qolgandik. Ushbu g'alaba bizga ruhan yordam beradi deb o'ylayman. "Surxon" jamoasi oxirigacha kurashadi. "Olimpik" va "Navbahor"ga qarshi bahslarda bugungi raqibimiz so'nggi soniyalargacha o'ynashdi, shunga tayyorgarlik ko'rgandik. Uzun paslar bilan o'ynashini bilardik, yakkakurashlarga katta etibor qilishdi. G'alab osonlikcha qo'lga kiritilmadi", - deydi Mirjalol Qosimov. 

- Anzur Ismoilov va Alisher Jalilovdek futbolchilarning zaxirada qolishi bu ularning jismoniy holati bilan bog'liqmi yoki raqobat bilanmi? 

- Ismoilov Turkiyada elkasidan jarohat olgandi. Bekoboddagi o'yinda ikki futbolchimiz jarohatlangan, ikki futbolchimiz qizil kartochka olgandi. Sanjar Tursunov ham hali to'liq tayyor emas. Anzur bugun ilk bor maydonga tushdi. Jalilov kuni kecha Namangandagi xalqaro musobaqada terma jamoa safida maydonga tushgandi. SHu bois bugun zaxiradan maydonga tushirgandim. 

- Tajribali murabbiy sifatida nima deb o'ylaysiz: O'zbek futbolida VAR'dagi bahsli vaziyatlarni ko'rish uchun juda ko'p vaqt ketmayaptimi? 

- Bu tanganing bir tomoni, boshqa tomoni esa har bir o'yin jangovar tarzda o'tmoqda, hech kim yutqazgisi kelmayapti. Mana shu bois shunday holat kuzatilmoqda. Lekin dunyodagi yangiliklar bilan hamnafas bo'lish kerak. To'g'ri VAR'ni yanada takomillashtirib, qarorni tezroq qabul qilinsa buning zarari yo'q. 

- Sizning jamoangizda penaltini kim tepishini kim hal qiladi? 

- O'yindan oldin o'zim tayinlayman. Qo'limdagi qog'ozda barchasi yozilgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика