So’nggi yangiliklar

23:17Ислом Исмоилов: "Эртанги ўйинга футболчилар 100% тайёр"  1 22:32Мбаппе пенальти тепиш имкониятини энди бошқаларга бермайди  1 22:07ЕЧЛ. "Славия" – "Арсенал", "Наполи" – "Айнтрахт". Таркиблар аниқ!  3 21:52Пеп Гвардиола: "Франция ва Германияда ЕЧЛда ўйнайдиган жамоалар жума куни чемпионат ўйинларини ўтказишмоқда"  4 21:32Криштиану Роналду: "Манчестер Юнайтед" нотўғри йўлда"  9 21:08Эрлинг Холанд: "Мен улар каби бўла олмайман"  5 20:52"Реал" ҳимоячиси: "Яхши ҳимояланиш сирини Италияда ўрганганман. "Ювентус" ва "Рома"дан миннатдорман"  1 20:30Стивен Жеррард Россия клубига "йўқ" деди  1 20:11Расман: "Golden Boy-2025" маълум қилинди  1 19:45"Ливерпуль" – "Реал": Навбатдаги тўқнашувда омад кимга кулиб боқади?  5 19:23"Ливерпуль" Кевинга қизиқмоқда  2 18:55"Футбол олами". Ҳакамлар VAR'га қулоқ солмай қўйишди  4 18:28Артета Гёкереш сафдан чиққанини маълум қилди  2 18:00Дэвид Бекхэм қиролдан рицарлик унвонини қабул қилиб олди  5 17:38МЮ "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1

Mirjalol Qosimov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimiz o'xshamadi. Ikkinchi bo'lim uchun esa shogirdlarimga rahmat aytaman" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Birinchi bo'limdagi o'yinimiz o'xshamadi. Ikkinchi bo'lim uchun esa shogirdlarimga rahmat aytaman"

Coca Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Neftchi" – AGMK uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

"Ikki bo'limda ikki xil o'yin guvohi bo'ldik. Tan olish kerak, birinchi bo'limdagi o'yinimiz o'xshamadi. Sababi, maydonda juda xotirjamlik bilan harakat qildik. Raqib darvozasi yonida xavfli hujumlar tashkillashtira olmadik. Qolaversa, birinchi bo'lim boshida darvozabonimiz qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Lekin ikkinchi bo'limda xatti-harakatlari uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Birinchidan, o'yin nazoratini o'z qo'limizga oldik. SHu bilan birga, uchta gol urishga muvaffaq bo'ldik va uch ochkoga ega bo'ldik. Bu esa Botirali Ergashevga ham dalda bo'ldi. CHunki ruhiy taraflama sportchining o'yinida pasayish kuzatilishi mumkin. SHu bois, yigitlar maydonda jonini berib harakat qilishdi hamda kerakli natijani qayd etishdi. Oldimizga qo'ygan maqsad uch ochko qo'lga kiritish edi. Fursatdan foydalanib, yomg'ir yog'ishiga qaramasdan, tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman, ular chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi, deb o'ylayman. Sababi, mehnati singan insonlarga rahmat aytib qolaman, maydon sifati judayam ajoyib darajada. Yomg'ir yog'ishiga qaramasdan, yigitlar chiroyli futbol ko'rsatishdi. 

— Martin Boakening zaxiradan o'yinga qo'shilishi birinchi bo'limda "Neftchi" himoyasini o'rganish uchun qilingan harakatmi?

— Yo'q, negaki qo'l ostimda nechta futbolchi bo'lsa, ulardan imkon qadar foydalanishga harakat qilaman. SHu bois, maydonga chiqqan har bir futbolchi jamoa uchun jon kuydirishi lozim. 

— O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan Eldor Begimovning o'yiniga munosabatingiz...

— Begimov zaxiradan maydonga tushib, yaxshi kirishib ketdi va jamoaning uchinchi golini urdi. Uning o'yiniga xulosa qilish uchun vaqt kamlik qildi", – dedi olmaliqliklar ustozi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика