So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  17 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  13 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Mirabror Usmonov Farg'onada "Istiqlol" stadionini ko'rib qaytdi Yangiliklar

Mirabror Usmonov Farg'onada "Istiqlol" stadionini ko'rib qaytdi

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, kecha Milliy olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov boshchiligidagi delegaciya azolari vodiyga safar uyushtirdi.
Dastlab Andijonda bo'lgan mehmonlar u erdan so'ng Farg'ona tomon yo'lga chiqishdi. Soat 13:00da Farg'ona shahriga etib kelgan delegaciya azolari yangi qurib bitkazilgan "Istiqlol" nomli stadionga tashrif buyurib, ko'zdan kechirdi.

SHuningdek yaqinda ishga tushishi kutilayotgan futbol akademiyasi binosi bilan ham tanishdi. Qolaversa Farg'ona olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib, u erda yig'ilish o'tkazildi. Unda Toshkentdan tashrif buyurgan delegaciya vakillaridan tashqari viloyat hokimi SHuhratbek G'aniev, viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti Salimjon Zokirov, Neftchi klubi raisi Tohir Kapadze, jamoa bosh murabbiyi Murod Ismoilov hamda "Qo'qon-1912" klubi vice-prezidenti Baxtiyorjon Tolipov va bosh murabbiy Rustam Abdullaev ham ishtirok etdi.  

Yig'ilish mobaynida viloyat sportida olib borilayotgan ishlar haqida iliq fikrlar bildirildi va Mirabror Usmonov viloyat hokimiga O'zbekiston futbol federaciyasining ko'krak nishonini topshirdi.

SHu tariqa Toshkentdan kelgan mehmonlarning safari yakunlandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика