So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

Mini futbol. “Sevinch” chempionat 2-turini g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

Mini futbol. “Sevinch” chempionat 2-turini g'alaba bilan boshladi

Bugun Toshkent shahridagi “Yoshlik” sport arenasida ayollar o'rtasida mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatining 2-turi boshlandi.

Kecha Toshkentga etib kelgan jamoa, bugun chempionatning 2-turidagi ilk uchrashuvida maydonga tushdi.

Jamoamiz Nukus shahrining “Qirq qiz” jamoasi bilan bahs olib bordi. Uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi. Uchrashuv boshidanoq raqiblariga nisbatan katta bosim bilan hujumga o'tgan futbolchilarimiz, 2-daqiqada tezkor gol kiritishga erishdi. Ushbu golga hujumchimiz Nilufar Qudratova mualliflik qildi. Qudratova uchrashuvning 18-daqiqasida yana bir marta raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi. O'yinchilarimiz birinchi bo'limni 3:0 hisobida yakunlashga erishdilar. Yana bir hujumchimiz Malika Burxonova ham dastlabki bo'limda o'z hisobiga bitta gol yozdirib qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda ham futbolchilarimiz faqat hujumda harakat qilishdi. Albatta bu o'z mevasini bermasdan qolmadi. Ikkinchi bo'limdagi gollarni Tanzilya Zarbieva (2), Maftuna SHoyimova (2) va yana Malika Burxonovalar (1) kiritishdi.

O'yin mobaynida nukuslik futbolchi qizlar darvozamizga bironta ham javob to'pi kirita olishmadi.

SHunday qilib, jamoamiz chempionat 2-turini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi. Endi jamoamiz hisobida 13 ochko bor.

Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan TATU talaba qizlari bizga nisbatan bitta ko'p o'yin o'tkazgan va ular hisobida 14 ochko bor. Bugun ular G'uzorning “SHo'rtan Lady” jamoasi bilan 3:3 hisobida durangga imzo chekishdi.

“Sevinch” navbatdagi uchrashuvni ertaga, 14 fevral kuni Jizzax shahrining “Alanga S”  jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionati, 2-tur

“Sevinch” (Qarshi) – “Qirq qiz” (Nukus) 8:0

13.02.2017. Toshkent, “Yoshlik” SA

Hakamlar
: Zilola Rahmatova, Aleksandra Konchikova, Marjona Rahmatqulova, Kristina Sereda.

Gollar: Nilufar Qudratova, 2’-1:0, 18’-3:0, Malika Burxonova, 11′-2:0, 31’-5:0, Tanzilya Zarbieva, 21’-4:0, 35’-6:0, Maftuna SHoyimova, 34’-5:0, 37’-7:0

“Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 16.Maftuna Jonimqulova, 8.Kamola Riskieva (s), Ilvina Ablyakimova,  17.Tanzilya Zarbieva, 11.SHaxzoda Jamolova, 27.SHodiya Tosheva, 77.Nilufar Qudratova, 37.Malika Burxonova, 25.Maftuna SHoyimova, 12.Matluba Abdirasulova, 15.Maftuna Panjieva, 13.Sevara Normurodova, 14.SHoxida Tojiddinova.

“Qir qiz”: 12.Gulfiya Kudanishbaeva, 3.Aynura Daulbaeva, 5.Banu Nysanbaeva, 6.Dilfuza Kalbaeva (s), 7.Sayyora Jiyanbaeva, 9.Gulasel Kutanova, 11.Iroda Orazbaeva, 12.Qizlarxon Rahimova.

Ogohlantirish: Kamola Riskieva 25.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика