So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  20 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  7 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  2 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  13 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  8 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  5 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 17:48Остон Ўрунов яна жароҳат олди  13 17:21Англия грандлари Родригога қизиқмоқда  1 16:53"Манчестер Юнайтед" антирекордларни янгилади  1 16:26Ён ҳакамнинг боши ёрилган, самарқандликлар ғалабаси билан якун топган "Андижон" – "Динамо" тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  15 16:06Бразилия футбол конфедерацияси Мадридда Анчелотти билан музокаралар олиб бормоқда  3 15:38Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи, футболчилари ва икки нафар шарҳловчи фахрий унвон ва медалларга эга бўлди  33 15:20Манба: "Рома" Шомуродов билан шартномани узайтирди  9

Minbarda "Navbahor" PFK matbuot kotibi: SHavkat Sodiqov Yangiliklar

Minbarda "Navbahor" PFK matbuot kotibi: SHavkat Sodiqov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

SHavkat Sodiqov, “Navbahor” PFK matbuot xizmati rahbari:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?
- Gazetada ishlab yurgan paytlarimda, klub rahbarlari va murabbiylari bilan o'zaro munosabatlarimiz doimo do'stona bo'lgan. SHu sababli, ular ko'p hollarda turli statistik malumotlar, raqiblar haqida, futbolchilarning ishtirokiga oid raqamlar va kartochkalar hisobi kabi bir qator masalalarda murojaat qilib turishardi. O'z navbatida ularning istagini qondirib kelardim. 2006 yili esa malum vaqt davomida klubda jamoatchilik asosida matbuot kotibi sifatida ham ish yuritdim. O'sha paytdagi klub rahbariyati moliyaviy tomondan imkoniyat chegaralangan, shu sababli oylik to'lay olmaymiz deyishganda rozilik bergandim. Lekin, sharoit yaratib berish borasidagi vadalar bajarilmagach, jamoadagi dastlabki faoliyatim qisqa bo'lgandi. 2009 yil mavsum yakuniga yaqin klub rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi. SHundan so'ng, o'sha paytdagi klub prezidenti Hakimjon Hoshimov va vice-prezident Anvar Suleymanovlarning taklifiga ko'ra, 2010 yil boshidan rasman klub matbuot kotibi sifatida ish boshlaganman. O'shandan beri “Navbahor” futbol klubida ishlab kelmoqdaman.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?
- Oldinlari barcha ishlarni o'zim bajarardim. Keyinchalik, matbuot xizmatiga bo'lgan etiborni ortishi natijasida, klub sayti ochildi. SHunga yarasha sharoitlar ham yaxshilandi. 2013 yili G'anisher Ismoilov klub direktori etib tayinlangach, matbuotga bo'lgan etibor yanada kuchaytirildi. Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy bo'lgach esa bu jihat yanada mustahkamlandi. Ayni paytda, klub matbuot xizmatida mendan tashqari uch kishi faoliyat yuritmoqda.

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?
- Klub bilan tuzilgan shartnomada qancha oylik maosh olishimni oshkor etmaslik borasida band borligi uchun bu haqda aniq malumot bera olmayman. Lekin, belgilangan oylik maoshni o'rtacha deb aytish mumkin. SHaroitlarga kelsak, sekin-asta bu boradagi kamchiliklar bartaraf etilmoqda. SHu sababli nolishga asos yo'q.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?
- Ayni paytda klubimiz “Twitter” ijtimoiy tarmog'ida o'z sahifasiga ega. Kelgusida “Facebook” va “Instagram”tarmoqlarida ham o'z sahifamizga ega bo'lishni rejaga kiritganmiz.

5.Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?
- Oldinlari safar o'yinlariga borish borasida muammolar yuzaga kelardi. Moliviy holat ro'kach qilinib, safarga yuboriladigan tarkibdan chetda qolardim. Ammo, vodiydagi va poytaxtdagi uchrashuvlarga o'z hisobimdan bo'lsada borardim. So'nggi ikki yilda esa jamoaning safar uchrashuvlariga matbuot xizmati vakillari ham jalb etilmoqda.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?
- 2013 yilgi mavsum arafasida klub ekipirovkasini berishgandi. So'nggi ikki mavsumda esa ekipirovka berilmadi.

7. Mukofot puli olasizmi?
- Ko'p bo'lmasada, mukofot puli olaman.

8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?
- So'nggi yillarda jamoamiz xorij yig'inlarida ishtirok etganicha yo'q. SHu sababli bu savolga aniq javob berish mushkul.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?
- Avtobusda o'z o'rnimga egaman.

10. Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?
- Ayni paytda Namangandagi o'yingoh klubga qarashli emas. SHunday bo'lsada, jamoamizning uy urashuvlarini yoritish uchun o'yingohga keladigan hamkasblarimizga sharoitlarni yaratib berishga imkon qadar harakat qilamiz. O'z navbatida o'yingoh mamuriyatiga OFK talablaridan kelib chiqqan holda qulayliklar yaratish borasidagi talab va takliflarimizni bildiramiz. O'yingohda “wi-fi” tizimi ham yo'lga qo'yildi. Ikkinchi davrada OAV vakillariga qulaylik yaratish borasida o'yingoh mamuriyatiga ko'rsatma va zarur takliflar berilgan. O'ylaymizki, ular jurnalistlar uchun munosib tarzda sharoit yaratib berishadi.

11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?
- “Bunyodkor” va “Nasaf” klublari matbuot xizmatidagi hamkasblarimga havas qilaman. Negaki, ularni samarali faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlar etarli.


P.S.

Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика