"Milan" yangi sport direktorini tayinladi. Jamoani qayta tiklash uchun kim javobgar bo'ladi?
27 may 19:25
Yangiliklar
"Milan" yangi sport direktorini tayinladi. Jamoani qayta tiklash uchun kim javobgar bo'ladi?
"Milan" o'zining rasmiy saytida Igli Tareni sport direktori etib tayinlaganini elon qildi.
Mutaxassis o'z ishining natijalari haqida bevosita klub bosh direktori Jorjo Furlaniga hisobot beradi.
Tare Italiya futbolida katta tajribaga ega. Futbolchilik faoliyati davomida u "Breshiya", "Bolonya" va "Lacio" klublarida o'ynagan.
Albaniyalik futbolchi faoliyatini yakunlaganidan keyin Rim klubida qoldi va u erda 15 yil sport direktori lavozimida faoliyat yuritdi. "Burgutlar" uning qo'l ostida uchta Italiya Kubogi va yana shuncha Superkubokni qo'lga kiritdi.
"Milan" rahbariyati jamoa A Seriyada 8-o'rinni egallaganidan norozi. Tare klubni qayta tiklab, yangi murabbiy jalb etishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar