"Milan" va "Nyukasl" "Santos" yosh hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
03 jan 2023 12:10
Yangiliklar
"Milan" va "Nyukasl" "Santos" yosh hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
"Milan" va "Nyukasl" rahbarlari qishki transfer oynasida "Santos"ning yosh va iqtidorli braziliyalik hujumchisi Anjelo Borjesni olib kelmoqchi.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Braziliya klubi vakillari 18 yoshli futbolchi uchun turli bonuslarni hisobga olmaganda taxminan 20 million evro olmoqchi. Milan jamoasi atigi 15 million evro taklif qilishga tayyor.
Alohida aytish joiz, Borjesning o'zi ham faoliyatini Evropaning top-chempionatlaridan birida davom ettirishga qarshi emas. Bu yil hujumchi "Santos" tarkibida Braziliya chempionatida 23 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, Stefano Pioli qo'l ostidagi "rossoneri" ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 2-pog'onani band etib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar