"Milan" Sansheshga qiziqmoqda. Xavbek "Lill" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi
28 jan 2022 12:20
Yangiliklar
"Milan" Sansheshga qiziqmoqda. Xavbek "Lill" bilan shartnomani uzaytirishni rad etdi
"Milan" mavsum so'nggida klubdan ketishi mumkin bo'lgan Frank Kessening o'rniga "Lill" xavbeki Renatu Sansheshni ko'rib chiqmoqda.
"Lill" Sansheshga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi, ammo 24 yoshli Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi buni rad etdi.
"Milan" yaqin haftalarda yozdagi ehtimoliy transfer borasida Sansheshning agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib boradi.
Xavbekning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi Liga 1 doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar