So’nggi yangiliklar

10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  0 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  12 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  4 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2

Milan Mitrovich: "Oldimda bir nechta takliflar bo'lishiga qaramay Jizzaxda qolishni tanladim" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "Oldimda bir nechta takliflar bo'lishiga qaramay Jizzaxda qolishni tanladim"

Bundan bir necha soatlar oldin "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovichning klub bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar bergan edik.

Serbiyalik posbon yana ikki yil "So'g'diyona" darvozasini qo'riqlaydi. O'tgan mavsum davomida darvozabonlar orasida O'tkir Yusupov bilan birga eng yaxshi natijani qayd etgan Mitrovich klub bilan kelishuvni uzaytirgach saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi. 

Milan Mitrovich "So'g'diyona" bilan shartnomasini 2 yilga uzaytirdi

- Milan dastlab "So'g'diyona" bilan o'rtadagi bitmni qanday qilib cho'zdirganingiz haqida aytib bersangiz. Odatda muvaffaqiyatli mavsumdan so'ng ko'p futbolchilar oldida bir nechta tanlov imkoniyatlari yuzaga keladi...

- Ha, to'g'ri aytdingiz. "So'g'diyona" bilan 2 yillik shartnoma tuzdim. Bundan juda xursandman. Ko'pgina takliflarga qaramay Jizzaxni tanladim va jamoada qolishga qaror qildim. 2021 yil biz uchun omadli o'tdi, deb bemalol ayta olaman. Mavsum boshida oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Bundan boshimiz osmonga etdi. Muxlislar ham xursand. Ular oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Biz klubning yana bir tarixini yoza oldik. Umid qilamanki, yaqin yillarda turnir jadvalining yuqorisini barqaror egallab turamiz. Bunga ishonaman. 


- Agarda Ulug'bek Baqoevdan boshqa murabbiy bo'lganida ham shunday natijani qayd eta olarmidi? Misol uchun "Bunyodkor", "Nasaf"ga o'xshagan jamoalarda murabbiy o'zgargan taqdirda ham o'yin uslubi saqlanib qolinadi...

-  Ushbu murabbiy 2019 yilda jamoaga kelishi bilan darhol natija ko'rsatishni boshladi. O'sha mavsum to'rtinchi o'rinni egalladik. OCHLga yo'llanma olishimizga biroz qolgandi. Ulug'bek Baqoev o'z g'oyalari va uslubini singdirishga erishdi. Hozir bu erda uning qanday ishlaganini, natijalari, amalga oshirgan ishlarini muhokama qilib o'tirishdan mano yo'q. Nega? CHunki natija barcha savolga javob beradi. Agarda boshqa murabbiy kelganida qanday natija bo'lardi, biror narsa deyish qiyin. Balki boshqalar ushbu savolni javobini bilar. 

- 2020 yil o'yiningizdagi pasayish yuz bergan, ko'plab gollar o'tkazib yuborgandingiz. Bu yil esa barchasi naqda 12ta o'yinda darvozangiz dahlsizligini saqlab qoldingiz. O'zingizga ishonchni qanday qilib qaytarganingiz qiziq?

- Haqiqatdan ham 2020 yil biz uchun omadsiz bo'lgan edi. Faqat biz uchun desam xato hisoblanadi. Butun dunyoda karantin va pandemiya xukmronlik qildi. CHempionat uchinchi turidan so'ng katta tanaffus, orada chempionat restart oldi va yana tanaffus yuz berdi. Bunday murakkab pallada o'yin ritmini ushlab turish osonmas. Bir muddat o'zim ham kovid bilan kasallandim. Tan olaman avvalgi yildagi kabi yaxshi sport formasida emasdim. 2021 yilda ko'proq mehnat qildik. Kam gol o'tkazishimda tartibli harakat qilgan himoyachilarimizni hissasi katta. 

- "So'g'diyona" mana shu plankani ushlab tura oladimi yoki chempionlik uchun kurashadi?

- Bilasizmi mavsum boshida chempionatga tayyorgarlik vaqtida oldingizga malum bir maqsadlarni qo'yasiz. Ular esa o'yindan-o'yinga bajarib boriladi. Hech kim chempion bo'lamiz, deb ishonch bilan aytmaydi. O'ylaymanki, joriy yilda qiziqarli chempionat ko'ramiz. "So'g'diyona" bilan loaqal o'tgan yilgi natijani takrorlashga urinib ko'ramiz. Agarda imkoniyat yuzaga kelsa, albatta chempionlikni rasmiylashtiramiz, deb o'ylayman. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика