So’nggi yangiliklar

20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  111 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  25 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1

"Milan" klub rivojlanishi strategisidagi o'zgarishlar haqida elon qildi Yangiliklar

"Milan" klub rivojlanishi strategisidagi o'zgarishlar haqida elon qildi

"Milan" rahbariyatdagi o'zgarishlar borasida rasmiy bayonot berdi va yaqin vaqt ichida klubda yangi biznes-reja hamda byudjet paydo bo'lishini elon qildi.

"Tez orada "Milan" rahbariyati bilan yana bir uchrashuv bo'lib o'tadi va unda jamoani CHempionlar ligasiga qaytarishga imkon beruvchi yangi biznes-reja mavzusi muhokama qilinadi. Klub rahbariyati yangi byudjet masalasini ham ko'rib chiqadi. Bu yo'nalishdagi maqsad - jamoaning UEFA moliyaviy feyr-pley doirasida raqobatbardoshligini oshirish.

Elliot Management klubga 50 mln. evro miqdorida pul ajratishga tayyorligini elon qildi va "Milan"dagi bugungi o'zgarishlar klubning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga asos bo'ladi deb umid qiladi" - deyiladi "Milan" bayonotida.

Bugun, 21 iyul kuni Li Yonxong "Milan" prezidenti lavozimini tark etdi, uning o'rniga Paolo Skaroni tayinlandi. Rossonerlar bosh direktori Marko Fassone ishdan bo'shatildi, Devid Xan Li, Li Bo va Xu Renshuo direktorlar kengashini tark etishdi. Ularning o'rniga direktorlar kengashiga Marko Patuano, Jorjo Furlani, Stefano Kochirio, Salvatore CHerchione, Alfredo Gracha, Janluka D'Avanco va Frank Tuil kirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Milan" qarzlar tufayli Elliot Management fondi qo'liga o'tgan edi. Li Yonxong o'z vaqtida Elliot Management fondidan olgan kreditini to'lay olmadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика