So’nggi yangiliklar

00:35Ла Лига. "Леванте" – "Реал Мадрид". Таркиблар аниқ!  3 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  0 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  0 23:21Англия лига кубоги. "Ливерпуль" – "Саутгемптон" ва "Линкольн Сити" – "Челси" учрашувлари учун таркиблар аниқ  0 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  2 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0 22:03Неймар "Олтин тўп" натижалари ҳақида: "Рафиньянинг 5-ўринда туриши - шунчаки масхарабозлик"  9 21:35U-21 биринчилиги. Пешқадамлардан дуранглар, Фарғонада 4:4 ва бошқа натижалар  0 20:54Лапорта "Реал"нинг "Олтин тўп"ни бойкот қилиши ҳақида: "Спортда ютқазишни ҳам билиш керак"  44 20:25FIFA клубларни қўллаб-қувватлаш дастурини эълон қилди. Суперлига клублари қанча пул ишлаб олади?  2 20:00Аморим: "Моуринью – португалиялик энг яхши мураббий"  0 19:38"Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашуви чипталари қачон сотувга чиқади?  7 19:13"France Football" бош муҳаррири: "Дембеле "Олтин тўп" учун сўровномада катта устунлик билан ғалабага эришди"  7 18:45Артём Петросян: "Оддий вазиятларда тўпни йўқотяпмиз. Ҳамма ишлаган режаларимизни эсдан чиқариб юбордик"  4 18:32Шавкат Юсупов: "Олимпик" етарлича муаммолар туғдирди"  5

Milan derbisida "neradzurrilar"ning qo'li baland keldi Yangiliklar

Milan derbisida "neradzurrilar"ning qo'li baland keldi

Ushbu sahifada A Seriyaning 24-turidan o'rin olgan "Milan" - "Inter" uchrashuvi matnli translyaciya qilindi.

AC Milan

Serie A . 23-tur

21/02/2021, 19:00

3
:
0
Tugadi

Inter

Lautaro Martinez - 5', Lautaro Martinez - 57', Romelu Lukaku - 66'

Stadion: San Siro, 0 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
12'  Simon Kjaer
56'  Alexis Saelemaekers
67'  Sandro Tonali (Soualiho Meite)
67'  Alexis Saelemaekers (Rafael Leao)
75'  Zlatan Ibrahimovic (Samuel Castillejo)
5'  Lautaro Martinez
5'  Romelu Lukaku
22'  Achraf Hakimi
57'  Lautaro Martinez
57'  Ivan Perisic
66'  Romelu Lukaku
66'  Ivan Perisic
78'  Ivan Perisic (Matteo Darmian)
78'  Christian Eriksen (Roberto Gagliardini)
78'  Lautaro Martinez (Alexis Sanchez)
83'  Achraf Hakimi (Ashley Young)
86'  Nicolo Barella (Arturo Vidal)

Milan – Inter 0:3 

21 fevral, 19.00, «Djuzeppe Meacca (San-Siro)»

Gollar:

0:1 – 5 Martines, 0:2 – 57 Martines, 0:3 – 66 Lukaku.

Milan – Donnarumma, Kalabriya, Ker, Romanoli, Teo, Salemakers (Rafael Leau, 67), Tonali (Meyte, 67), CHalxanoglu, Kessie, Rebich, Ibragimovich (Kastilexo, 75).

Inter – Xandanovich, SHkrinyar, Bastoni, de Vrey, Xakimi (Yang, 83), Eriksen (Galyardini, 78), Barella (Vidal, 86), Brozovich, Perishich (Darmian, 78), Martines (Sanches, 79), Lukaku.

Ogohlantirishlar:

Ker (12), Xakimi (22), Salemakers (56).

Turnir jadvali

O'yin yakunlandi. SHu tariqa "Inter" 1-pog'onani mustahkamlab oldi. "Milan" esa mavsum oxiriga qadar kuchli uchlikda qolish uchun harakat qilsa, ajab emas...

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90. Mete "Inter" darvozasini o'qqa tutdi. Handanovich xotirjamlik bilan to'pni egallab oldi. Sloveniyalik posbon bugun juda yuqori darajada o'ynadi.

87. Samuel Kastilexodan zarba. Ispaniyalik futbolchi to'pni osmonning bag'riga "mixlab qo'yishni" maqsad qilgandi chog'i...

83. Eshli Yang o'ng qanotda faol o'ynayotgan Ashrafni almashtirdi.

82. "Milan" hisobni qisqartirish harakatida. CHalxanogluning zarbasini himoyachi to'sib qoldi.

78. "Inter"da ham o'zgarishlar: Eriksen va Perishich o'yindan olindi. Ularning o'rniga Galyardini va Darmian maydonga tushdi.

75. O'zgarish: Ibragimovich o'rniga Kastilexo maydonga tushdi. 

74. Barella ham uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi. Ammo...

69. Eriksen ham gol urishni juda istayapti. Daniyalik futbolchi uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, noaniq.

66. Gol! Tariflashga hojat yo'q. Romelu Lukaku to'pni Janluijji qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga "mixlab qo'ydi".

63. Lukaku! Belgiyalik futbolchi jarima maydoni ichida to'pni qabul qilib oldi va bir qalqishda himoyachilarni ortda qoldirib, darvoza tomon juda kuchli zarba yo'lladi. Donnarumma o'z o'rnida.

57. Gol! Jarima maydoni ichiga kirib borgan chaproqdagi Perishichni to'p bilan taminladi. Xorvat esa darvoza yaqiniga uzatmani amalga oshirdi. U erda to'satdan paydo bo'lgan Lautaro darvozani ishog' qilib, dublni ramiylashtirdi.

56. Aleksis Salemakers sariq kartochka bilan jazolandi.

53. Lautaro jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi. Argentinalik forvard nishonni to'g'ri oldi, ammo biroz kuch etishmadi.

49. Vaaaay! Handanovichga bugun gol urib bo'lmaydi shekilli. Sloveniyalik posbon bu gal Tonalining kuchli zarbasini bartaraf qildi.

47. Zarba! Yana Ibragimovich. U Salemakers uzatgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Handanovich 1 daqiqa ichida 2-super seyvini amalga oshirdi.

Xoqon CHalxanoglu to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Uxxxx, Ibra! Zlatanning bosh bilan bergan zarbasini Samir Handanovich qiyinchilik bilan bartaraf qildi.

46. 2-bo'lim start oldi. To'pni "rossonerilar" o'yinga kiritib berishdi.

1-taym yakunlandi, tanaffus!

Uxxx! Erikson jarima zarbasidan to'pni uzatib berdi. Milan SHkrinyarning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

45+1. "Inter"da standart vaziyat yuzaga keldi.

45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. "Rossonerilar" juda qulay vaziyatni qo'ldan chiqarishdi. CHalxanoglu va Ante Rebich bir-birlarini tushunishmadi.

38. Nihoyat, "Milan" ham oldinga o'tdi. Zlatan Ibragimovich jarima maydoni tashqarisidan zarba yo'lladi.

37. Ivan Perishich char qanotdan oldinga o'tib, darvozaning yaqin burchagini nishonga oldi. Donnarumma o'z o'rnida.

33. "Milan"da xavfli vaziyat. Teo Ernandesning zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

28. "Neradzurrilar" tarkibida Barella haddan tashqari faollik namoyish qilmoqda. 

22. Ashraf Hakimi va Teo Ernandesning o'rtasida to'qnashuv sodir bo'ldi. Har ikki o'yinchi maydonda yotibdi.

21. Eriksendan to'pni qabul qilib olgan Lukaku darvoza tomon tepdi. Belgiyalik futbolchining zarbasiga kuch etishmadi.

16. Nihoyat, "rossonerilar" oldinga o'tishdi. Jarima maydoni ichidagi tushunarsiz vaziyat Zlatanning tovon bilan bergan zarbasi bilan yakunlandi. Handanovich o'z o'rnida.

14. Lautaro o'ng qanotdan oldinga o'tib, to'pni jarima maydoni ichiga oshirib berdi. Himoyachilar yaxshi o'ynashdi, burchak zarbasi.

9. O'yindagi nazorat "Inter" futbolchilari tomoniga o'tib ketayotgandek taassurot qoldiryapti.

5. Goooool! O'yinda hisob ochildi. Romelu Lukaku jarima maydoni ichiga oshirgan to'pni Lautaro Martines boshi bilan "Milan" darvozasiga joylab qo'ydi.

1. Uchrashuv boshlandi! To'pni o'yinga "neradzurrilar" kiritib berishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика