"Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi Yangiliklar

"Milan" Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirmoqchi

"Milan" texnik direktori Paolo Maldini klubning forvard Zlatan Ibragimovich bilan yana bir yilga shartnoma imzolashni xohlayotgani haqida aytdi.

"Milan" bugungi kunda - Evropaning eng yosh jamoalaridan biri. Bizga Ibradek etakchi kerak. Biz gaplashgandik va u shartnomani uzaytirish borasidagi qarorni organizmi holatiga qarab qabul qilishini aytgandi.

Ammo, uning hozirgi formasini hisobga olsak, uning biz bilan yangi shartnoma imzolashi borasida muammoni ko'rmayapman", - deydi Maldini.

Zlatan joriy mavsumda 17 bor maydonga tushdi va 16ta gol urdi. SHveciyalik hujumchi oktyabrda 40 yoshni qarshi oladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика