So’nggi yangiliklar

20:23Сунатилло Абдуллажонов - "Сурхон" футболчиси  0 19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  1 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  1 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  18 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  4 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  1 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  9 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  5 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2

Mikola SHevchenko: "Mashal" fonida yosh bolalardek ko'rinmadik" Yangiliklar

Mikola SHevchenko: "Mashal" fonida yosh bolalardek ko'rinmadik"

Pro liganing 7-turi doirasida "Mashal"ga mag'lub bo'lganidan keyin "Do'stlik" jamoasi bosh murabbiyi Mikola SHevchenko fikrlarini bildirdi.


- Muxlislar uchun bu o'yin qiziq bo'ldi, 6ta gol urildi. "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoa juda yaxshi holatda. Bunday raqiblarga qarshi o'ynash doimo yoqimli. Bugun biz mag'lub bo'ldik. Hali ishlashda davom etishimiz kerak bo'lgan jihatlar juda ko'p.

- Mag'lubiyatni qanday baholaysiz? Balki bunda tajriba o'z so'zini aytgandir.

- Nima desam bo'ladi... "Mashal" o'yin sifati borasida bizdan ustunroq jamoa ekanligini tan olaman. Biroq "Mashal" fonida "Do'stlik" jamoasi yosh bolalardek jamoa sifatida taassurot qoldirmadi. Ayrim vaziyatlar bor, ishlashda davom etib, xatolarni to'g'rilash kerak. O'ylaymanki, hali g'alabalarimiz oldinda. Jamoamdan minnatdorman, biz futbol o'ynadik. Hatto bir kishi kam bo'lib qolganimizda ham futbol o'ynashda davom etdik. SHu sababli yigitlardan minnatdorman. Agar ular ham tajriba yig'ib olishsa, barchasi yaxshi bo'lib ketadi.

- Agarda jamoangiz shunday o'yinni davom ettirsa, g'alabani yaqin desak bo'ladimi?

- "Do'stlik" har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushadi. G'alaba uchun etishmayotgan omillar bor. Masalan, ayrim holatlarda tajriba kamlik qilmoqda, bazida esa hali ishlanmagan jihatlar halaqit qilmoqda. Bu yo'ldan ketsak, g'alabaga tezroq erishamiz deya olaman.

- Qizil kartochka haqida nima deya olasiz?

- Bu borada qo'mita bor. Hakamlik borasida hech nima demayman. Hakamlar o'zlarini ustida o'zlari ishlashsin. Qo'mita esa baho bersin. Men esa o'zim va jamoamni o'ylayman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика