So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "SHu tizim bo'lsa, O'zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi" Yangiliklar

Mikael Sekeyradan achchiq gaplar: "SHu tizim bo'lsa, O'zbekiston hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmaydi"

Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yin qiyin o'tdi. Ilk 20 daqiqalikda "Qo'qon-1912" jamoasi agressiv o'yin namoyish etdi. Hakamlar ham o'yinni shunday davom ettirishga qo'yib berishdi. Bizning fikrimiz bo'yicha birinchi golni qo'li bilan urdi. Ikkinchi bo'lim o'ynash uslubimizni o'zgartirdik. Birinchi bo'limga qaraganda ancha yaxshi o'ynadik. 2:1 bo'lishidan oldin Diyor Turopovda gol urish uchun imkoniyat bo'lgandi. Hakam bu vaziyatda etibor bermadi. Ko'pchilikning aytishicha futbolkasidan tortib qolgan ekan",- deydi Mikael Sekeyra

- "Lokomotiv"ning so'nggi uchta uchrashuvi qoldi. "So'g'diyona", "Paxtakor" va Qarshida "Nasaf" bilan. Mana shu uchrashuvlarda ochko olish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Harakat qilamiz. Bugun mag'lubiyatga uchrashimiz kerakmasdi. Futbolchilar kiyim almashtirish xonasida hafa bo'lib o'tiribdi. Bu hakam bizning ishtirokimizdagi 3ta o'yinda ham mag'lubiyatga olib kelgan. "Bunyodkor" bilan bahsda o'yinaydigan vaziyatda penalti qo'yib bergan. Yakunda ular 3:2 hisobida yutib ketdi. Bugungi hakamlikdan o'zim ham hafaman. Portugaliyadagi hayotim davomida bunday hakamlikni ko'rmaganman. 

Men o'zimning fikrimni aytaman. O'zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo'l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O'zbekiston UEFAga azo bo'lganidan so'ng ko'tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o'zbek futboliga yakun yasab beradi. UEFAda hakamlar boshqacha bo'ladi, futbolchilarning bir-biriga bo'lgan hurmati o'zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi. Bir kun ketadigan bo'lsam, juda hafa bo'lib ketaman. CHempionat yakunlangach uyimga yo'l olaman. Hafa bo'ladigan tomonim, bu erda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko'paymasa, UEFAda bo'lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko'rdim. Ammo, shu ketish bo'lsa, cho'kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom.

Reyting: +255   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика