So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

Midori Honda: "Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak" Yangiliklar

Midori Honda: "Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak"

Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga ikkinchi saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan O'zbekiston - Yaponiya (0:2) uchrashuvidan so'ng, O'zbekiston ayollar terma jamoasi jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvda har bir jamoaning maqsadi bor edi. Tan olishimiz kerak, Yaponiya terma jamoasi bizdan kuchliroq. Bugungi uchrashuv biz uchun katta tajriba bo'ldi.

- Yaponiya terma jamoasining dastlabki daqiqadagi qarshi hujumlari haqida gapirib o'tsangiz?

- Yaponiya terma jamoasi dastlabki o'n daqiqada o'z qarshi hujumlarining kuchini ko'rsatib qo'yishdi.

- O'zbekiston terma jamoasi 2 ta gol o'tkazib yuborishiga qaramay, bugun yomon o'yin namoyish etmadi. O'z shogirdlaringizning o'yiniga baho berib o'tsangiz...

- Ikkita gol o'tkazib yuborishimizga qaramasdan, birinchi taymda yomon harakat qilmadik. Birinchi bo'limda hujumlar uyushtirdik, ammo Yaponiya terma jamoasining darajasi kuchlilik qildi.

- Hindistonga qarshi uchrashuv haqida nimalar deya olasiz?

- Hindistonga qarshi kechadigan uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak. Keyingi bosqichga o'tishimiz uchun biz Hindistonni yiriq hisobda mag'lub etishimiz lozim.

- Ikkinchi bo'limda terma jamoamiz deyarli hujum uyushtirmadi. Bunga sabab terma jamoamiz urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar statistikasini saqlab qolishmidi? Agar O'zbekiston hujum uyushtirganda, Yaponiya qarshi hujumlarda bizni yana jazolashi va hisobni yiriklashtirib yuborishi mumkin edi.

- Fikringizga qo'shilaman. O'yin boshidayoq ikkita gol o'tkazgandik. Agar hujumga o'tishda davom etganimizda, yanada o'proq gol o'tkazib yuborishimiz mumkin edi. Gollar statistikasi keyingi bosqichga chiqish uchun juda muhim va biz ushbu jihatni albatta hisobga olgandik.

- Bugun terma jamoamiz raqib darvozasiga deyarli xavf solmadi. Bunga sabab nima? Masalan, o'tgan uchrashuvda Hindiston terma jamoasi katta hisobda yutqazganiga qaramay, ularda 2-3 ta yaqqol golli vaziyatlar bor edi.

- Yaponiya juda kuchli terma jamoa. Biz ham hujum qilishga intildik, biroq baribir Yaponiyaning darajasi bugungi uchrashuv natijasini hal qilib berdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика