So’nggi yangiliklar

16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  0 15:58Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор (онлайн натижа)  1 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  4 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  0 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  3 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  13 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  16 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  3 12:40Суперлига. 23-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  3 12:27Эксперт фикри. Диёр Мирзабоев: "Андижон" икки фронтга тайёр эмасдек кўринди, баъзи жамоалар таркиби Суперлига учун етарлича кучлимас"  5 11:55​"Нефтчи" мухлислари қаршисида "Динамо"ни доғда қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  7

Mezbonlarning imkoniyati yuqori bo'lgan dastlabki kun Yangiliklar

Mezbonlarning imkoniyati yuqori bo'lgan dastlabki kun

Bugun oliy ligamizning 8-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Kunning uchta o'yinida mezbonlarning imkoniyatlari biroz yuqoriroq.
Murod Ismoilov shogirdlarining ishtahasi ochildi. "Bunyodkor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoani o'yinida ijobiy o'zgarishi bo'lishi aniq. Toshkentdagi bahs "Neftchi"ning eng yaxshi o'yini bo'ldi deb ayta olmaymiz. Himoya va darvozabonning yaxshi harakatlari evaziga darvoza dahilsizligi saqlanib turildi. Lekin foydalana olinmagan imkoniyatlar ancha ko'p bo'ldi. "Dinamo" asosiy etiborni himoyaga qaratadigan bo'lsa, "Neftchi" uchun har bir imkoniyat qimmatli bo'lishi mumkin bo'ladi.



Neftchi (Farg'ona) – Dinamo (Samarqand)
9 may 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), T. Gaynulin (Toshkent),  I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55/45%

Qo'shnilar o'rtasidagi bahsda "Mashal" katta tafovut bilan tashabbusga ega chiqsa ajab emas. "Buxoro" oliy ligani tom manodagi autsayderiga aylanib bo'ldi. Jamoa bor yo'g'i bir ochko bilan turnir jadvalini so'nggi pog'onasidan joy olib turibdi. Zohir Qo'ziboev va Zafar To'raev tandemi yana ish bera boshlaganini muborakliklarga yana ochkolarni kelayotgani bilan izohlash mumkin. Mochinov hali rasman ishdan ozod etilmadi. Bu esa unga rosmana so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin.



Mashal (Muborak) – Buxoro (Buxoro)
9 may 2015. Muborak.  Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 18:00
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Imkoniyatlar: 60/40%


"Qo'qon-1912"ning safardagi o'yinlari maydon markazidagi himoyachilar va darvozabon Andrey Baklanovga bog'lanib qolgandek. Agar bugun Baklanov, Ilin va Ergashev maydon markazini ushlab bera olsalar "Qizilqum"ga oson bo'lmaydi. Agar himoya dars ketsa,  to'purarlik poygasida qatnashayotgan Bahriddin Vahobovga as qotishi aniq. 7 ochkodan jamg'argan holda turnir jadvalida yonma-yon turgan bu ikki jamoanining o'rtasidagi o'yinda kim g'alaba qozonishini bir necha soatlardan so'ng bilib olamiz. Balki durang bo'lar....



Qizilqum (Navoiy) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
9 may 2015. Navoiy.  "Yoshlar" stadioni. 18:30
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: D.  Roman (Toshkent).
Imkoniyatlar: 55/45%
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика