So’nggi yangiliklar

09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  4 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  15 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  4 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  48 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  2 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  2 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3

“Metallurg” yoshlari xotira turnirlari g'olibi Yangiliklar

“Metallurg” yoshlari xotira turnirlari g'olibi

Xalqimizda xotira muqaddas degan ibora mavjud. Har yili 9-may yurtimizda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida bejizga keng nishonlanmaydi.

O'tganlarni yodga olish, ular amalga oshirib ketgan ishlarni eslash juda yaxshi odat. O'zbek futbolida o'ziga xos iz qoldirgan, oramizdan vaqtli ketgan insonlar oz emas. Yaqinda Bekobodda hamda Yangierda shunday tadbirlar o'tkazildi. Uzoq yillar “Metallurg”da samarali mehnat qilgan, jamoaning tiklanishi va kuchlilar safida borishida o'zining sayi harakatlari bilan munosib hissa qo'shib kelgan SHamil Tolipov xotirasiga bag'ishlangan turnir bo'lib o'tdi. Unda “Metallurg”, “Olmaliq”, “Bunyodkor” hamda “Yangier” futbol maktablari tarbiyalanuvchilari bahs olib borishdi. Yarim final bosqichida poytaxtliklar Yangier vakillarini, “Metallurg” yoshlari esa olmaliqliklarni mag'lubiyatga uchratishdi. Final o'yini “Metallurg” stadioni uyushtirildi va tezkor, qarama-qarshi hujumkor tarzda o'tganligi bilan yodda qoldi. Bu o'yinda bekobodliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi va bosh sovrinni uyda olib qolishdi.

Turninda qatnashgan barcha jamoa vakillari esdalik sovg'alari, diplom hamda mukofotlardan quruq qolishmadi. Taqdirlash marosimida “Metallurg” futbol klubi rahbariyati, SHamil Tolipovning oila azolari ishtirok etishdi. So'zga chiqqanlar SHamil Jo'raboevichning ajoyib xislatlarini tilga olishdi, samimiy, oliyjanob inson bo'lganliklarini aytib o'tishdi. Mazkur musobaqa ananaviy bo'lishiga va har yili “Xotira hamda qadrlash kuni” arafasida o'tkazidishiga kelishib olindi.

Yangier shahrida esa Baxtiyor Davlatov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirda ham “Metallurg” yoshlari zafar quchishdi.


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика