So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  12 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  23 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  73 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

“Metallurg” yoshlari birinchi davrani g'alaba bilan yakunlashdi Yangiliklar

“Metallurg” yoshlari birinchi davrani g'alaba bilan yakunlashdi

Poytaxtimizdagi Toshkent temiryo'llari muhandislik instituti stadionida 3-turning kechiktirilgan o'yini, “Lokomotiv” – “Metallurg” jamoalari yoshlar tarkiblari uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va murosasiz ruhda kechgan o'yinda mehmonlar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yin maydon egalarining tezkor hujumlari bilan boshlandi va ular 2-daqiqadayoq Bobir Ergashevning aniq zarbasi evaziga hisobni ochib olishdi. Tezda maydon markazini qo'lga olgan bekobodliklar oradan yigirma daqiqa o'tgach, Muhammadjon Sultonovning ajoyib zarbasi evaziga hisobni tenglashtirishdi. Birinchi taym tugaguncha mehmonlar yana ikki marta muvaffaqiyat qozonishdi. Dastavval tajribali Dilmurod Karimov madanchilarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, birinchi taymning so'nggi soniyalari o'tib borayotganda Zuhrillo Boboev farqni ikki to'pga oshirdi. 69-daqiqada Zokir Ahmadjonov tomonidan kiritilgan goldan keyin hisob yirik ko'rinish olgandi – 4:1. Biroq aynan shu xotirjamlik bekobodliklarga qimmatga tushdi. So'nggi 20 daqiqa mobaynida maydon egalari hisobni minimal darajada qisqartirib olishgach, so'nggi soniyalar biroz asabiy tarzda kechdi. SHunday bo'lsa-da, “Metallurg” g'alabali hisobni saqlab qolishga erishdi – 4:3.

Lokomotiv (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) – 3:4 (1:3). TTYMI stadioni.
Hakam:
A. SHukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: B.Ergashev (2, 72), V.Yunusov (76) – M.Sultonov (22), D.Karimov (30), Z.Boboev (45), Z.Ahmadjonov (69).

"Lokomotiv": 96. R. Nortojiev, 7. B. Tillaboev, 8. U. Safarov, 10. B. Abdullaev, 18. R. Hamroev, 21. A. SHeraliev, 22. U. Abdullaev, 31. O. Muhammedov, 41. L. Adamov, 70. B. Ergashev, 77. D. Ergashev
Zaxira: 1. V. Vagin, 17. SH. Mo'minqulov, 28. E. Tanaev, 68. V. Yunusov, 87. YU. SHoimov, 97. SH. Sobirov

“Metallurg”: Timurbek To'ychiev, Asomiddin Abdurahmonov, Kamronbey Kopadze, Dilmurod Karimov, Ulug'bek Xudoyorov, Mansurjon Nuraliev, Muhammadjon Sultonov, Umid Rahimov, Abrorbek Toshqo'ziev, Xudoyshukur Sattorov, Zuhrillo Boboev.
Zahira: Akobir Qayumov, Zokirjon Ahmadjonov, Muhammadodil Qahramonov, Farhod Namozov, Aram Markaryan, Visol Magerramov.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика