So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Интер" "Қайрат"ни енгди, "Бенфика" "Байер"га ютқазди ва бошқа натижалар  0 03:00ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади  33 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Боруссия Д"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. Ҳусанов захирада қолди  9 01:24ЕЧЛ. "Қорабоғ" "Челси" билан дуранг ўйнади, "Вильярреал" "Пафос"га ютқазди  2 00:45Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 00:35Лионель Месси МЛС 2025 йилнинг рамзий терма жамоасига киритилди  1 00:07Ашраф Ҳакими икки ойга сафдан чиқди  2 23:47Азизбек Абдумўминов: "Насиб бўлса, кубокни Ўзбекистонга олиб келамиз"  5 23:25U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай – Ўзбекистон 1:2  2 23:15Флик "Барселона"дан кетишни режалаштирмаяпти. Мураббий клубда бахтли  5 22:57ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади  71 22:37Ислом Исмоилов: "Оғир учрашувда ғалаба қозондик. Ўйинни назорат қилдик"  15 22:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистоннинг гуруҳидаги иккинчи учрашувда Ирландия йирик ҳисобда ғалаба қозонди  4 21:59Фарҳод Нишонов: "Агарда улар ўз сифатларини яхшилай олишмаса, топ-футболчи бўла олишмайди"  0 21:39Мирко Йеличич "Олимпик-MobiUz"га қарши ўйиндан сўнг қисқа фикр билдирди  2

"Metallurg" xavf ostidami?! Bekobodda kuchli "shamol" esmoqda Yangiliklar

"Metallurg" xavf ostidami?! Bekobodda kuchli "shamol" esmoqda

2015 yilning 20 mart sanasida Oliy liga 2-turi doirasida "Mashal" jamoasi "Andijon"ni qabul qilib 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

O'sha bellashuv Muborakdagi stadionda mavsumning ilk o'yini bo'lgani sabab ochilish marosimi ham bo'lgan. 9 yil oldin "Mashal" - "Andijon" o'yinini yoritish uchun bugungi kunda saytimiz bosh muharriri hisoblangan Narzulla Saydullaev bilan birga Muborakka borganmiz. U erda o'rinbosarlar o'yinlari va asosiy jamoa o'yinini yoritgan edik. O'sha safarimiz davomida Muborak ko'chalaridan ketib borarkanmiz mahalliy aholi uchun bu erda futboldan boshqa ovunchoq yo'q ekan degan fikr hayolimga kelgan. Darvoqe, katta dam olish bog'lari yoki katta kinoteatrlar deysizmi, insonlar ishdan keyin hordiq chiqarish uchun boradigan deyarli hech narsa yo'q edi, futboldan boshqa. U paytlar "Mashal"ning uy uchrashuvlariga hozirgidan ko'ra ko'proq muxlis tushardi. Muborakliklar futbol tomosha qilgani stadionga tushib maza qilib ketishar ekan deb o'ylagandim o'zimcha.

2015 yil o'tkazilgan "Mashal" - "Andijon" (2:0) uchrashuvini Ravshan Ermatov boshqarib borgan edi.


Yuqorida Muborak xalqi haqida yozgan satrlarim yana bir tuman aholisiga ham birdek mos tushadi. Bu - Bekobod. Bekobodda ham mahalliy aholi uchun arzirli ovunchoq faqatgina "Metallurg" futbol klubi. Juda ko'p bo'lmasa ham bekobodlik muxlislar jamoaning uy o'yinlariga tushib muxlislik qilishadi. Ular orasida necha yillardan beri stadionga tushib kelayotgan otaxonlarni ham kuzatib mumkin. SHaxsan o'zim ko'p bora Bekobodga o'yinni yoritish uchun borganman.

"Metallurg" Bekobodda o'ynasa har o'yin stadionga tushadigan otaxonlar. Men o'yinga borganimda bu otaxonlarni doim ko'rardim.


Kecha "Metallurg" PFK qoshidagi akademiyaning anjumanlar zalida klubning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tgan. Uni "O'zbekiston metallurgiya kombinati" akciyadorlik jamiyati bosh direktori Dilshod Ahmedovning shaxsan o'zi o'tkazgan. Ana shu majlis davomida klub bosh direktori SHavkat Saidov lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edik. Biroz o'tib klub matbuot xizmati ham bu haqda habar berdi. Unga ko'ra, SH.Saidov sog'lig'i sabab o'z xohishi bilan lavozimidan ozod etilgan. SHu kungacha akademiya direktori bo'lib kelgan Akmal SHaripov uning o'rniga tayinlangan.

Mana endi maqolaning eng muhim joylariga keldik. Mendagi malumotlarga qaraganda butun mavsum davomida deyarli g'alaba qozonmagan va mukofot puli ishlamagan "Metallurg" o'yinchilari va xodimlariga "Nasaf" va "Olimpik"ni mag'lub etishgani uchun mukofot pullari berilmasligi mumkin ekan. Zo'r-a, o'zi butun mavsum premiya berilmagan, oxirida ham bermay qo'ya qolishmoqchi. Adolat? Nima u?

Menga tasdiqlanmagan shunday malumot ham etib keldi, qaytaraman bu malumot tasdiqlanmagan. Yani, ayni paytda "Metallurg" akademiyasida ingliz va ispan tillarini yaxshi o'rgatib, oliy o'quv yurtlariga tayyorlaymiz deb oddiy aholi orasidan yosh yigit-qizlarni pul evaziga o'qitishayotgan ekan... Agar bu rost bo'lsa akademiya futbolni rivojlantiruvchi loyiha emas, tijoriy maktabga aylangan bo'lib qoladi.

Katta dabdaba bilan ochilgan akademiyada hozir bor yo'g'i bir nafar ispaniyalik mutaxassis qolgan, meva beradigan paytga kelganda akademiya ham, klub ham botqoqqa botib ketish xavfi ostida turibdi.


G'alati mish-mishlar yuribdi. Rahbariyat Bekobodga hech qanday Superliga kerak emas degan fikr emish. "Metallurg" Superligada emas, Pro liga va hatto shunchaki Birinchi ligada to'p tepib yurishi ham mumkin ekan. Yani, zavod rahbariyatiga futbol umuman kerak emas. SHundoq ham klubning anchagina ishchilari bo'shatib yuborilgani haqida oldinroq eshitgan edik. Endi birato'la klubni o'zi ham asta-sekin yo'q bo'lib ketmasmikin...


Saytimizda kechagi xabar ostida qoldirilgan izohlardan biri, bekobodlik muxlisning fikri.


Butun boshli futbol jamoasi shunchaki yo'q bo'lib ketishi yoki cho'ktirib yuborilishi mumkinligi meni havotirga soladi. O'sha erda ishlaydigan va oilasini boqadigan yuzlab ishchilar, sportchilar bor. Ular nima qilishadi? "Metallurg"ga muxlislik qiladigan mahalliy aholi nima qiladi? Ularda shu jamoadan boshqa hech narsa yo'q olqishlab muxlislik qilgani. Xullas, yashab tursak bu voqeliklarning yakuni nima bo'lishini ko'ramiz...

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика