So’nggi yangiliklar

14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  28 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  27

“Metallurg-W” yangilangan murabbiylar shtabi bilan mavsumga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

“Metallurg-W” yangilangan murabbiylar shtabi bilan mavsumga tayyorgarlikni boshladi

Ayollar futboli bo'yicha mamlakat chempioni va amaldagi kubok sohibi – Bekobodning “Metallurg-Women” jamoasi yangi bosh murabbiy rahbarligida yangi mavsum tadorigini boshladi.

Ayollar futzali bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan, Toshkentning “Olimpik”, “Bunyodkor-vumen” jamoalarida faoliyat yuritgan Avaz Maxsumov endilikda “Metallurg-vumen” jamoasiga rahbar etib tayinlandi. Unga Ravshan Xoliqov (katta murabbiy), Abbos Abdullaev (yordamchi murabbiy), Ilhom Hamzaliev (darvozabonlar bo'yicha murabbiy) va Kamola Usmonova (o'ynovchi murabbiy) lar yordam berishadi.

Mashg'ulotlar 15 yanvar sanasidan etiboran boshlandi va har kuni ikki mahaldan olib borilayapti. Kunning birinchi yarmida qizlar “Yoshlik” sport zalida jismoniy tayyorgarlikni tiklash mashqlariga etibor qaratishayotgan bo'lishsa, kunning ikkinchi yarmida “Cementchi” stadionida shug'ullanishmoqda. Dastlabki kunlarda ko'proq jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratilayapti. SHuningdek, to'p bilan ishlash mashg'ulotlariga ham o'rin ajratilayapti. Murabbiylar shtabi o'tgan mavsum chempionlikka erishgan va O'zbekiston kubogiga sazovor bo'lgan tarkibning deyarli barchasini saqlab qolishga erishdi. 

Bugungi kunda mashg'ulotlarda Gulandom Boymatova, Nigora O'zganova, Dilafro'z Xo'jaeva, Nasiba Hojieva, Mahfuza Turopova, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova, Diyora Habibullaeva, Yulduz Nabieva, Lutfiniso Hamidova, Diyora Erkinova, Nozima kamoltoeva, Irodaxon Turdialieva, Mahliyo Sarikova, Zumrat Nazarova, Xolida Dadaboeva, Feruza Turdiboevalar qatnashishmoqda. Albatta futbolda maqsadga erishish qiyin, erishilgan yutuqni saqlab qolish undan-da og'ir degan ibora mavjud. Buni yaxshi anglagan murabbiylar yangi mavsum tadorigi yig'iniga yangi o'yinchilarni ham taklif etgan. Xususan, ikki uch yil muqaddam “Metallurg”dagi ishtiroki orqali muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Mohigul Ikromova, mahalliy qizlardan Nigina Jamolova, Go'zal To'raqulova, Guljamol Normatova, CHaros G'anieva, Farg'onadan Nilufar Dadaboeva, Navoiydan Sarvinoz Rahmatova, Mahliyo G'afforovalar shular jumlasidandir. Tez kunlarda mashg'ulotlarga “Andijanka” hujumchisi Elena Logutkina, jizzaxlik Svetlana Valieva, Qarshining “Sevinch” jamoasidagi faoliyatini yakunlagan, O'zbekistonning bir necha karra chempioni Kamola Risqievalarning ham kelib qo'shilishi kutilyapti.

Endi bevosita jamoani tark etgan futbolchilar xususida to'xtaladigan bo'lsak, so'nggi yillarda chempionat to'purarligini qo'ldan bermay kelgan Lyudmila Karachik va darvozabon Ziyoda Irisboevalar Toshkentning “Bunyodkor-vumen” jamoasida o'ynashni ixtiyor etishdi. “Metallurg-vumen” ayollar futbol klubi bu qizlarga Bekobod futboli shoni-shavkatini ko'tarishda qo'shgan beqiyos ulushlari uchun ularga minnatdorlik bildiradi va keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика