So’nggi yangiliklar

10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   1 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  6 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3

“Metallurg-W” “Lokomotiv”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Metallurg-W” “Lokomotiv”ni mag'lub etdi

Poytaxtimizdagi “Yoshlik” arenasida bugun futzal bo'yicha O'zbekiston XIV milliy chempionatining 1-tur, ikkinchi kungi o'yinlari o'ynaldi.

Bekobodning “Metallurg-vumen” jamoasi qizlari bu gal poytaxtning “Lokomotiv” jamoasini taslim etishdi – 6:1.

Birinchi kungi uchrashuvga qaraganda bugungi o'yin og'irroq kechdi. To'liq himoyada o'ynagan temiryo'lchilar qarshiligini sindirish oson bo'lmadi. Bundan tashqari “Lokomotiv-vumen” posboni Kamola Yumangulova aksariyat holatlarda jamoasini yuz foizlik gollardan saqladi. O'z navbatida hisobni tezda ochilavermasligi qizlarimiz hayajonini oshirdi. Natijada raqib darvozasi bo'sh qolgan paytlardan ham foydalanilmagan holatlar bo'ldi. Faqatgina birinchi taym yakunlanib borayotgan bir paytda jamoa sardori Feruza Turdiboeva hisobni ochishga erishdi. Tanaffus oldidan qozonilgan bu muvaffaqiyat qizlarning o'zlariga bo'lgan ishonchini oshirdi va ikkinchi taymda o'yin tamomila o'zgardi. Endi hujumda o'yin qovushdi. Vaziyatlar ham golga aylantirildi. Natijada ikkinchi uchrashuvda ham yirik hisobda g'alaba rasmiylashtirildi. Dastlabki ikki kungi bahslardan so'ng amaldagi O'zbekiston chempioni –Qarshining “Sevinch” hamda Bekobodning “Metallurg-vumen” jamoalari yuz foizlik natija bilan peshqadamlik qilishmoqda. Bugungi ikkinchi uchrashuvda “Sevinch” Olmaliqning OKMK jamoasini 22:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

 
“Metallurg-W” – “Lokomotiv-W” – 6:1 (1:0). 16.02.2018 yil.
Hakamlar:
Edita Mirobidova, Nigora Muhammadieva, Kristina Sereda, Marjona Rahmatqulova.
Nazoratchi hakam: Iyub Isaev.
Gollar: Feruza Turdiboeva (19, ), Kamola Risqieva (23, 36), Elena Logutkina (25), Zumrat Nazarova (29), Yulduz Nabieva (35) – Kamola Berdieva (20).
“Metallurg-W”: 1. Gulandom Boymatova, 8. Kamola Risqieva, 10. Feruza Turdiboeva, 20. Zumrat Nazarova, 21. Xolida Dadaboeva.
Zahira: 30. Dilafro'z Xo'jaeva, 3. Dildora Nozimova, 6. Iroda Turdalieva, 9. Mahliyo Sarikova, 18. Yulduz Nabieva, 19. Elena Logutkina, 22. Mavluda Munavvarova, 23. Diyora Habibullaeva, 77. Nozima Kamoltoeva.
“Lokomotiv-W”: 1. Kamola Yumangulova, 2. Maftuna Jo'raeva, 8. Dildora Ergasheva, 23. Omadxon Sultonova, 77. Zuhra Berdieva.
Zahira: 70. Jasmina Abdug'anieva, 4. Yulduz Hamdamova, 9. Nodira Mo'ydinova, 10. Nozimaxon Ergasheva, 11. Xurshida Jumanova, 12. Diyora Rahmatova, 20. Kamola Berdieva, 71. SHahrizoda Zayniddinova, 88. Ilvina Kojalieva.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика