So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 2:2 (матнли трансляция)   215 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

"Metallurg": SHahzodbek Nurmatov jamoa to'purari Yangiliklar

"Metallurg": SHahzodbek Nurmatov jamoa to'purari

So'nggi mavsumlarda kuzatilayotgani kabi bu yilgi chempionatda ham “Metallurg” tarkibida raqiblar darvozasiga eng ko'p gol kiritgan o'yinchi SHahzodbek Nurmatov bo'ldi.

Uning aniq zarbalari “Andijon”, “Qizilqum”, “SHo'rtan” va “Navbahor” darvozabonlarini 2 martadan ranjitgan bo'lsa, “Buxoro” hamda “Olmaliq” jamoalari posbonlari 1 martadan o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi.

“Metallurg” to'purarlari ro'yxatida ikkinchi  pog'onani 7 tadan gol bilan Ayubxon No'monov va Saidjon Abdujabborovlar egallab turishibdi. Yarim himoyachimiz Murodjon Toshmatov raqiblar darvozasi tomon 4 marta yo'l topa olgan bo'lsa, Dilmurod Karimov hamda Ruslan Vagapovlar o'z ismi shariflarini 3 martadan tabloga yozdirib qo'yishdi. Alisher Ziyovuddinov, SHohnazar Norbekov, Mirg'iyos Sulaymonovlar mavsumda ikki martadan muvaffaqiyatga erishishdi. 3 nafar futbolchimiz – Sardor Rasulov,E Zohid Abdullaev hamda Mirto'ra Akbarovlar 2015 yilgi mavsumda 1 tadan gol mualliflari bo'lishdi. “Metallurg” hisobiga yozilgan yana bitta gol “Olmaliq” bilan safar o'yinida mezbonlar himoyachisi Jahongir Abdumo'minov hisobiga yozildi.

Bu yilgi mavsumda bekobodliklar “SHo'rtan” jamoasi bilan o'yinlarda yuz foizlik natija ko'rsatishdi. “Mashal” hamda “Qizilqum” bilan o'zaro raqobatda ham “Metallurg”ning ko'rsatkichi ijobiy. Mamlakat vice-chempioni bilan esa har ikkala uchrashuvda durang o'ynadik. O'z navbatida “Neftchi”, “Bunyodkor” hamda “Paxtakor” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ochko ololmadik. “So'g'diyona” bilan ko'rsatkich ham manfiy. “Metallurg” futbolchilarining aniq zarbalaridan bironta ham klub darvozasi dahlsiz qolmadi.

2015 yilgi mavsum uchrashuvlarida hakamlar “Metallurg” jamoasi qanot himoyachisi Mirg'iyos Sulaymonovga 10 ta sariq karchochka ko'rsatdi. Ogohlantirishlar bois Sulaymonov mavsumning 2 ta o'yinini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.

“Metallurg”ning yana 14 nafar o'yinchisi bu yilgi chempionatda ogohlantirildi. Ularning ko'rsatkichlari quyidagicha: Javlon Mirabdullaev – 8 ta, Doniyor Odilov – 7 ta, Dilmurod Karimov va Ayubxon No'monov – 6 tadan, Davronbek Karimqulov, Alisher Ziyovuddinov – 4 tadan, Ruslan Vagapov, Saidjon Abdujabborov, SHahzodbek Nurmatov – 3 tadan, SHohnazar Norbekov, Murodjon Toshmatov – 2 tadan, Hikmat Hoshimov, Zohid Abdullaev, Aleksandr Kovalev – 1 tadan.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика