So’nggi yangiliklar

10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   0 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  5 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1 01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  3 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  1 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  27 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  10

"Metallurg" o'rinbosarlar jamoasi taqdirlandi Yangiliklar

"Metallurg" o'rinbosarlar jamoasi taqdirlandi

So'nggi yillarda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish borasida bir qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilayotganligini ayni haqiqat.

"Millionlar o'yinini yurtimizda yangi pog'onaga ko'tarish, futbol infratuzulmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan faoliyat futbol jamoatchiligi tomonidan ham iliq kutib olinyapti.

Xususan Toshkent viloyatining shimoliy hududi – Bekobod shahrida ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar etiborga molik. Mamlakat milliy chempionatlarida 1998 yildan buyon uzluksiz qatnashib kelayotgan “Metallurg” professional futbol klubi infratuzulmasini yaxshilash, klub moddiy texnika bazasini mustahkamlash, shart sharoitlarni zamonaviy darajaga olib chiqish, futbolchilarning yangi avlodini tarbiyalab berishda asosiy omil sanaluvchi futbol akademiyasini barpo etish yuzasidan so'nggi uch yilda bajarilgan ishlar bilan bemalol maqtansak arziydi.

SHahrimiz sharafini elita bahslarida himoya etib kelayotgan “Metallurg” PFK jamoasi ketma ket ikki mavsum – 2018 hamda 2019 yillarda klub tarixidagi eng yaxshi ko'rsatkichni takrorladi. Superliga jamoalari o'rtasida kuchli beshtalikka kirdi. Bu yilgi murakkab sharoitda – pandemiya sababli bir necha marta to'xtalishlar, restartlar bilan notekis o'tgan Coca Cola Superligasi bahslarida ham munosib qatnashdi, deb ayta olamiz. Jamoamiz oldingi yillarga nisbatan mavqeini ikki pog'onaga bo'shashtirgan bo'lsa-da, Andrey SHipilov boshchiligidagi murabbiylar shtabi yangi istedodlarni kashf etish, barcha yosh toifasidagi jamoalarimiz taraqqiyotini bitta yo'nalishda, bitta maslak asosida birlashtirish borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Buning samarasi o'laroq klub tarixida birinchi marta mamlakatimizning barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida bekobodlik futbolchilar paydo bo'ldi. Jumladan, klub to'purari SHahzodbek Ubaydullaev O'zbekiston milliy terma jamoasiga, darvozabon Vladimir Vagin hamda hujumchi Mahmud Qudratillaevlar U-22 Olimpiya terma jamoasiga, Odilbek Abdumajidov, Davron Anvarov, SHahzodbek Nematjonovlar U 19 yoshlar terma jamoasiga jalb etildi. 

“Metallurg” U 21 jamoamiz bu yil mamlakat birinchiligida juda muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Nozim Esanov etakchiligidagi yoshlarimiz Bekobod futboli tarixida yangi – zarhal sahifani ochishdi. Yoshlarimiz birinchilik qatnashchilari orasida eng ko'p – 62 ochko jamg'arib, Coca Cola Superliganing kichik oltin medallariga sazovor bo'lishdi. Bunday muvaffaqiyatga poytaxt jamoalaridan tashqari faqat “Neftchi”, “Mashal” va endilikda “Metallurg” jamoalarigina musharraf bo'lishgan.

Kecha Bekobod shahridagi “Billur” restoranida “Metallurg” U 21 jamoasini sharaflash hamda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirni taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev olib bordi. 

Dastavval “Metallurg” futbol klubida so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar, yoshlar jamoasining muvaffaqiyatiga bag'ishlangan ijtimoiy roliklar namoyish etildi. SHundan so'ng Bekobod shahar hokimi Zafar Fayzullaev, “O'zmetkombinat” AO boshqaruvi raisi o'rinbosarlari Ramon Atakulov, Muzaffar Ubaydullaev, SFI Management Group moliya direktori Azamat SHamsiev yoshlarni Bekobod futboli tarixidagi ajoyib g'alaba bilan qutlashdi. “Metallurg” yoshlariga keyingi faoliyatlarida omad, ulkan zafarlar tilashdi. Taqdirlash marosimiga poytaxtdan tashrif buyurgan O'zbekiston futbol associaciyasi bosh kotibi Avaz Maxsumov, O'zbekiston professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo'jaev Bekobodda professional futbolni yuqori darajaga ko'tarish borasida ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik, etibor uchun “Metallurg” PFK muassislari, homiylari, shahar hokimligiga minnatdorlik bildirishdi hamda O'FAning tashakurnoma va esdalik sovg'alarini topshirishdi. 

Tadbir so'ngida XXIX birinchilik g'olibi – “Metallurg” U 21 yoshlar jamoasi o'yinchilari, murabbiylar va xodimlariga Superliganing kichik oltin medallari, homiylar tomonidan tasis etilgan qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Muxlislar tomonidan jamoaning barcha chiziqlari bo'yicha eng kuchlilari aniqlandi va ularga maxsus diplomlar taqdim etildi. Kechaga “Metallurg” madaniyat uyi sanatkorlarining kuy va qo'shiqlari fayz kiritdi",-deya xabar beradi klub matbuot xizmati.

Quyida taqdirlash marosimidan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика