So’nggi yangiliklar

14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  0 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0 13:23"Like Cup" якунланди: "Ал Бадр" - чемпион!   1 13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  6 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  15 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  2 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  5 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  13 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  24 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  6 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6

“Metallurg”: Nazorat uchrashuvida “Bunyodkor” mag'lubiyatga uchratildi Yangiliklar

“Metallurg”: Nazorat uchrashuvida “Bunyodkor” mag'lubiyatga uchratildi

Teglar :  MetallurgBunyodkor
Janubiy Koreya – O'zbekiston terma jamoalarining jahon chempionati saralash o'yini munosabati bilan milliy chempionatimizda yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirish maqsadida kecha Bekobodning “Metallurg” jamoasi poytaxtda “Bunyodkor”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida bo'lib o'tgan mazkur uchrashuvda bekobodliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni o'z qo'liga olgan “Metallurg” futbolchilari birinchi taymning o'zida mezbonlar darvozasiga ikkita gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Dastavval, o'ng qanotda o'yin qoidasi buzilgach, jarima zarbasini Dilmurod Karimov amalga oshirdi. U to'pni darvozaning olis burchagi yaqiniga etkazib berdi va himoyachilar taqibisiz qolgan Doniyor Odilov hisobni ochdi. Taym tugashiga yaqinroq esa Davronbek Karimqulovning chap qanotdan uyushtirgan driblingi “Bunyodkor” himoyachilari uchun kutilmagan hol bo'ldi. Ikki o'yinchi orasidan bemalol o'tib ketgan Karimqulov Murodjon Zuhurov bilan yakkama yakka chiqdi va hisobni 2:0 ha etkazdi. Mezbonlar tarkibidagi SHahzodbek Nurmatov, Minori Sato, Bahodir Nasimovlarning vaziyatni o'nglashga bo'lgan urinishlari esa samara bermadi.

Ikkinchi taymda har ikkala jamoa murabbiylari tarkiblarni deyarli to'liq almashtirishdi. O'z navbatida muxlislar bu taymda ham darvozalarga ikkita to'p kiritilishiga shohid bo'lishdi. Avvaliga mezbonlar hisobdagi farqni qisqartirishgan bo'lishsa, taym o'rtalarida Namozov – Abdullaev – SHotursunov kombinaciyasi Farruxning bo'sh qoldirilgan darvozaga gol kiritishi bilan yakunlandi – 3:1.

 

“Bunyodkor” – “Metallurg” – 1:3 (0:2). 11.11.2016 yil. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.

Gollar:
0:1 – Doniyor Odilov (18), 0:2 – Davronbek Karimqulov (37), 1:3 – Farrux SHotursunov (75).

“Metallurg”: Zafar Safoev (Suhrobjon Sultonov), Davronbek Karimqulov (SHerzod Jalilov), Hikmat Hoshimov, Doniyor Odilov, Mirg'iyos Sulaymonov, Jahongir Abdumo'minov (Farhod Namozov), Murodjon Toshmatov (Ergash Ismoilov), Javohir Esonqulov (Muhammadodil Qahramonov), Ayubxon No'monov (Ulug'bek Xudoyberdiev), Dilmurod Karimov (Farrux SHotursunov), Zohid Abdullaev (Jasur Ahmedov).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика