So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  222 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  15 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

"Metallurg "Mehrjon" sport sog'lomlashtirish markazini ochdi Yangiliklar

"Metallurg "Mehrjon" sport sog'lomlashtirish markazini ochdi

Bekobod jamoasi "Metallurg" markaziy stadionida bolalarga mehr ulashdi.

Mamlakatimizda umumxalq bayrami – Navro'zi olam keng nishonlanayotgan kunlarda Bekobod shahri yana bir qulaylikka ega bo'ldi. 

Mehr-muhabbat, sahovat ayyomida "Metallurg" futbol klubi shahar aholisi uchun "Mehrjon" sport sog'lomlashtirish markazini taqdim etdi. "Metallurg" markaziy stadionida ochilgan bu mo'jaz maskan shahar aholisini, imkoniyati cheklangan bolakaylarni xursand qildi.

Barcha zarur jihoz, anjomlar bilan taminlangan holda kapital tamirdan chiqarib, foydalanishga topshirilgan sport zali imkoniyati cheklangan bolalar uchun ko'ngil ochish maskaniga aylanishiga shubha yo'q. Malakali mutaxassis – murabbiylar yordamida ular bu maskanda o'z salomatliklarini tiklash barobarida yangi do'stlar bilan tanishishadi. O'zlarini qiziqtirgan mavzularda muloqotda bo'lishadi. 

"Mehrjon" sport sog'lomlashtirish markazining tantanali ochilish marosimida O'zbekiston metallurgiya kombinati AJ boshqaruvi rahbariyati, klub mutassaddilari, "Metallurg" murabbiylar shtabi va taniqli futbolchilari ishtirok etishdi. 

So'zga chiqqan “Metallurg” PFK bosh murabbiyi Luisma Ernandes, "Gennadiy Krasnickiy klubi" azosi Zohid Abdullaev, jamoa vice-sardori Fozil Musaev sport sog'lomlashtirish maskani xodim va azolarining faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilashdi.

Bekobod shahri madaniyat uyi sanatkorlarining chiqishlari tadbirga qo'shimcha fayz bag'ishladi. Tadbir so'ngida tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan bolakaylar uchun esdalik sovg'alari tarqatildi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram dasturxoni tuzaldi, shirinliklar ulashildi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика