So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  13 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  2 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

"Metallurg" futzalchilari yuksak marralarni ko'zlashmoqda Yangiliklar

"Metallurg" futzalchilari yuksak marralarni ko'zlashmoqda

Teglar :  FutzalMetallurg
Futzal bo'yicha mamlakat XXII milliy chempionati eshik qoqmoqda.

 Mart oyining so'nggi ikki kuni yangi mavsumning birinchi tur o'yinlariga ajratilgan. Bekobodning “Metallurg” jamoasi futzalchilari ham yangi mavsumga katta umid hamda maqsadlar bilan etib kelishyapti.

CHempionat oldidan biz muxlislarni qiziqtirgan bir qator savollar bilan jamoa bosh murabbiylar shtabi hamda etakchi o'yinchilariga yuzlandik.

-  Yangi mavsumdan umidimiz katta. Xabaringiz bor bu yildan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati hamda mamlakat Kubogi musobaqalari formatlari o'zgardi. Odatda biz qish oylarida tanlangan manzillarda yig'ilardik va tur o'yinlarini o'tkazib, bahorning dastlabki oylarida mavsumni yakunlardik, - deb so'z boshladi “Metallurg” MFK jamoasi bosh murabbiyi Nikolay Odushev. - O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasining yangilangan rahbariyatiga mavjud tizim maqul kelmadi. Ular ishga professional yondoshib, chempionatlarimizni rivojlangan mamlakatlarnikiga xos tarzda o'tkazishni rejalashtirishdi. Buning uchun esa avvalo ishni klublar infratuzulmasini rivojlantirishdan boshlash kerak edi. Yani chempionatda qatnashishni istagan har bitta jamoaning uy o'yinlarini qabul qiladigan bazasi – sport inshooti bo'lishi lozim. Hech bo'lmaganda ijara asosida bo'lsin, o'yinlarni qabul qiladigan manzili bo'lishi kerak. SHunga qarab Superliga jamoalari ham saralanganidan xabaringiz bor.

Bekobodda Superliga talablariga javob beradigan professional klub allaqachon shakllangandi. Kuchlilar safida shahrimiz sharafini himoya etadigan bosh jamoamizdan tashqari qizlarimiz allaqachon O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida o'z so'zlarini aytib bo'lishgan. Ikki mavsumdirki, futzal bo'yicha tuzilgan “Metallurg” jamoasi ham O'zbekiston chempionati hamda Kubogi o'yinlarida metallurglar shahri sharafini munosib himoya etib kelayapti. Bir so'z bilan aytganda xuddi uzoqni ko'ra olgandek Bekobod Superliga musobaqalari talablariga oldindan tayyor bo'lgandek. Bekoboddagi “Yoshlik” sport majmuasida futzal musobaqalarini o'tkazish mumkinu, ammo uni Reglament talablariga javob beradigan holatga keltirish lozim edi. Klubimiz rahbariyati zudlik bilan ichki yig'ilish o'tkazib, zalni zarur anjomlar bilan taminlash, joriy tamirdan chiqarishga kirishdi. Maydonning parketi, futbolchilarning kiyinish, yuvinish xonalari kosmetik tamirdan chiqarildi. Devorlar, potoloklar oqlandi. Qisqa fursat ichida “Yoshlik” sport zali o'zgacha chiroy ochdi. Endilikda biz qo'rqmasdan O'zbekiston chempionati va Kubogi o'yinlarini o'tkazadigan, talablarga javob beradigan inshootga egamiz deb ayta olamiz.


Mavsum tadorigini yanvar oyidan boshlaganmiz. Tarkibimiz deyarli yangilangan. O'tgan yilgi tarkibdan besh nafar o'yinchimiz qoldi. Bular darvozabon Nodirjon Nishonov, maydon o'yinchilari Jo'ra Ergashev, Aliakbar Bayburin, Sardorbek Inomjonov hamda Timur Saydullaev. Jamoani kuchaytirish uchun ko'z ostimizga olib yurgan bir qator tajribali, iqtidorli futzalchilarni taklif etdik. Bir necha yillar O'zbekiston chempionatlarida sovrindor bo'lgan, mahoratli o'yinchilarga murojaat etdik. Ular bizning taklifimizga yo'q deyishmadi. Hozirgi kunda jamoa asosini Azam Saidaxmedov, Abubakr Usmon, Ramil Almamedov, Baxtiyor Baratov, SHahboz Ahmedov, SHerzod Mustafoev, Ixtiyor Ropievlar tashkil etishadi. SHuningdek, Bobir Domlajonov, Odiljon Asanov, Akmal Marufaliev singari yoshlar oldimizga qo'yilgan maqsad yukini tortishga bel bog'lashgan. Maqsadimiz esa bu yil kuchli uchlikka kirish va sovrindorlar safidan joy egallash, deydi Nikolay Matveevich.

-  Yigitlarimiz jamoa oldiga qo'yilgan vazifani uddalashga qodir, - deydi suhbatga qo'shilgan jamoa etakchilaridan biri Azam Saidahmedov. – Bizda ikkita teng kuchli tshrtlik shakllandi. O'z navbatida tarkiblarga yangi havo olib kira oladigan yoshlarimiz bor. Nazorat uchrashuvlarida yoshlarimizni sinab ko'rdik va ulardagi ishtiyoq bizni xursand etdi. Yanvar-fevral oylarida asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini tiklashga ko'proq etibor qaratilgan bo'lsa, mart oyidan boshlab o'yin amaliyotini shakllantirishga urg'u berildi. Nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdik. Mamlakatimizning amaldagi chempioni – Olmaliq shahrining AGMK jamoasi bilan ikkita ko'rik o'yini o'tkazib, ikkalasida ham kichik hisobda, ikkidan to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik – 3:5, 2:4. Birinchi o'yinni esa Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazdik. Xabaringiz bor, “Paxtakor” ham bu yil tarkibini juda tajribali o'yinchilar evaziga boyitib olgan. Poytaxtliklarga qarshi o'yinda ham tengma teng raqobat ko'rsatgan bo'lsakda, ijroda ishlarimiz yurishmadi. Natija ham shunga yarasha, mag'lubiyat – 1:5. O'yindan o'yinga to'rtliklarimiz shakllandi. Futbolchilar endilikda bir birlarini maydonda yaxshi tushunib o'ynashayapti. Natijalar ham ijobiy tomonga o'zgarmoqda. Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Kuni kecha esa paxtakorchilardan revansh oldik – 7:1. Ko'rib turganingizdek katta maqsadlar yo'lida og'ishmay mehnat qilayapmiz. Muxlislarimizni uyaltirib qo'ymaymiz. Albatta muxlislarimizni Bekoboddagi “Yoshlik” sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Kelinglar, bizni qo'llab quvvatlanglar, chiroyli o'yinlarimizdan bahramand bo'ling, o'z navbatida sizlarning qo'llab quvvatlashlaringiz bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, mamlakat XXII milliy chempionati bahslari uy va safar tizimida o'tkaziladi. Bitta turda jamoalar ikkitadan o'yin o'tkazishadi. Jumladan, “Metallurg” birinchi turni o'z uyida Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yinlar 30-31 mart sanasiga rejalashtirilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика