So’nggi yangiliklar

01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0

“Metallurg” futzal bo'yicha mamlakat chempionatida qatnashadi Yangiliklar

“Metallurg” futzal bo'yicha mamlakat chempionatida qatnashadi

Teglar :  MetallurgFutzal
Bu yil futzal bo'yicha O'zbekiston milliy chempionati yigirma birinchi marta o'tkaziladi.
XXI milliy chempionatdan etiboran Bekobodning “Metallurg” mini futbol jamoasi ham kuchlilar safida ishtirok etadigan bo'ldi. Kecha O'zbekiston futbol federaciyasi majlislar zalida o'tkazilgan yig'ilishda oliy ligada qatnashuvchi jamoalar soni uzil-kesil aniqlandi va chempionat o'yinlariga qura tashlandi. Unga ko'ra birinchi turda “Metallurg” uzluksiz 5 ta o'yin o'tkazishi malum bo'ldi. Bekobodliklarning birinchi turdagi raqiblari Toshkentning “Lokomotiv”, “Ardus”, Samarqandning “Nafis”,  Andijonning “Turon-Soliqchi” hamda Buxoroning “Kogon” jamoalari bo'lishadi.

Bugun “Metallurg” futzal jamoasi O'zbekiston futzal associaciyasida buyurtmadan o'tadi. Jamoada milliy chempionatlarimizda faoliyat olib borgan bir qator tajribali o'yinchilar bilan birgalikda katta futbolda yoshlar tarkibida harakat qilgan o'yinchilar ham mavjud. Mavsum arafasida tashkil etilgan “Associaciya kubogi”da qatnashgan o'yinchilar safiga G'ulom Mamajonov, Ilhom Yusupjonov hamda SHavkat Dehqonovlar kelib qo'shilishdi. Va o'z navbatida o'sha turnirda harakat qilgan S.SHoahmedov, S.Mahmudov singari o'yinchilarning ismi shariflari buyurtmonomadan o'rin egallamagan. Jamoaning yakuniy tarkibi haqida qo'shimcha malumot beramiz. Eslatib o'tamiz, “Associaciya kubogi”da Nikolay Odushev shogirdlari guruh bosqichida ikkita o'yinda g'alaba qozonib, ikkita uchrashuvda imkoniyatni boy bergan va beshta jamoa orasida uchinchi o'rinni egallagandi.

1-bosqich, 1-turning “Metallurg” uchun taqvimi:


14 noyabr, soat 12:00: “Metallurg” – “Lokomotiv”

15 noyabr, soat 18:00: “Nafis” – “Metallurg”

16 noyabr, soat 14:00: “Metallurg” – “Ardus”

18 noyabr, soat 14:00: “Turon-S” – “Metallurg”

19 noyabr, soat 16:00: “Metallurg” – “Kogon”
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика